Yunker Peterburgga borish qarorini himoya qildi

Image copyright AP

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kuchda bo‘la turib Peterburgdagi forumda qatnashishga borgani uchun tanqidga tutilgan Ovro‘po Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker "ochiqcha gaplashib olish uchun" borganini aytdi.

16 iyun kuni Sankt-Peterburgda "Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi" ochildi.

20-marta tashkil etilayotgan forum uch kun davom etadi.

Forumda 60 mamlakatdan 500 kompaniya vakillari, 40 dan ortiq mamlakat siyosatchilari ishtirok etayotgani xabar qilingan.

Forumning ochilish marosimida gapirgan Ovro‘po Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Prezident Vladimir Putin bilan Ovro‘po Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanktsiyalarini masalasini muhokama etish niyatida ekanini aytdi.

U Rossiya va Ovro‘po o‘rtasiga "ko‘prik qo‘yish"ni istaganini aytgan.

Jazo choralari bekor qilinishi uchun asosiy shart Rossiyaning Ukraina bo‘yicha Minsk bitimi talablarini bajarishidir, deb aytgan janob Yunker.

U Ovro‘po Ittifoqi bilan Rossiya o‘rtasidagi ishonchsizlik ortib borayotganini qayd etgan.

Forumda so‘zlagan Frantsiyaning sobiq prezidenti Nikola Sarkozi Ovro‘poni Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirgan.

Ovro‘po Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni 2014 yili Rossiya Qrimni anneksiya qilgani ortidan joriy etdi.

Keyinroq bu sanktsiyalarga qator mamlakatlar ham qo‘shildilar.

Bunga javoban Rossiya ham Ovro‘po mamlakatlaridan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi, mamlakatga olib kirilgan tonnalab oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q qilindi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring