"O‘zbekistonda maoshlarning asosiy qismi oziq-ovqatga sarflanadi"

O‘zbekistonliklar o‘z maoshlarining qancha qismini oziq-ovqatga sarflashlari haqida ma‘lumot hukumat tomonidan oshkor etilmaydi.

Toshkentlik jurnalistning aytishicha, bu kabi "maxfiylik" ortida birgina sabab bor – u ham bo‘lsa aksariyat o‘z daromadining kattagina qismini oziq-ovqat uchun sarflashidir.

"O‘zbekistonda ijtimoiy adolatsizlik nishonasi bo‘lgan barcha xabarlar, ma‘lumotlar va faktlarni yoritish mumkin emas. Maoshlar asosan yeb-ichishga ketishi esa tabiiyki, qashshoqlik belgisidir. O‘zbeklar orasida maosh haqida so‘z ketsa, "qornimizdan ortmaydi" yoki "qora qozon qaynab turibdi" degan iboralar keng tarqalgan", deydi u.

So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar 2008 yildan beri ilk bor o‘z daromadlarining aksar qismini oziq-ovqat mahsulotlariga sarflay boshlashgan.

Ma‘lumotlarga qaraganda, 2016 yilning fevral oyida rossiyaliklarning aksariyati umumiy daromadlarining qariyb 51 foizini yeb-ichishga sarflashgan.

Taqqoslash uchun AQShda o‘rtacha oila o‘z daromadining faqat 7 foizini oziq-ovqatga sarflaydi. Taraqqiy topgan davlatlarda esa bu ko‘rsatkich ko‘pi bilan 10-15 foizni tashkil qiladi, xolos.

BBCUZBEK ayni masalaga bir qadar oydinlik kiritish maqsadida Facebook sahifasida o‘z o‘quvchilaridan daromadlari va ularning qancha qismi oziq-ovqatga sarflanishi haqida so‘ragan edi.

(Aksariyat javoblar tahrirsiz berilmoqda-tah.)

Kazimbek Artikov: AIF jurnalisti yozvotdi toshkent xalki kanaka yashayetganli xakida. "men bir narsaga xayronman odamlar 500 ming oylik olib Yana oyni urtasida 100$ maydalidi. Ular kayekdan 100$ olyapti axir oylik 500 ming bulsa…"

Saidbek Mamajanov: Fargonada oilalarda 80 foiz oylik yeb ichishga sarflanadi.Ikki farzand er-xotin uchun.Sof kulga tegadigan oylik 300 ming sum.

Maxliye M.K: Zurga yetadi olgan oylik 1 kl gusht 30 ming tursa, gaz, svet, suv kimmat tursa yer solik imorat soliklar xam kimmat xullas arang tarang yashasa buladi...

Ilxom Djalmatov: Bizni oilamizda maoshni 90 protsenti ketadi ozik ovkatga, 9 protsenti kommunnal tulovga , ana ushandan kolganini biz eru-xotin yigyapmiz ,xudo xoxlasa ikkimiz sayoxatga bormokchimiz KELAJAKDA!!!!!!!!!xa -xa-xa......Yoshlarimiz biladi yana.....

Bobur Adilov: Mening oyligimning 100 % yeb-ichishga ketadi. Yetmasa, yana 25 foizlik qarg‘ ham bo‘laman. Yaxshiyam vegetarianlar oilasida yashayman...

Ella Rose: Toshkenda yashimiza Ikkinta farzandim bor erim va man 4 ta kishiga agar fakat uyga produktaga bulsa bir oyda urtacha 1mln ketadi bu bollani aylantirmasdan, kafelaga borilmasa, maktabidan va komunaldan tashkari xisoblidigan bulsak.

Bonya Rasulova: xar oy maoshim 97 foizi ozik-ovkatga ketadi

Zulfiya RuziMukhammad: 4ta Bolam bor.Avji yeyman ichaman degan payti .bu xisobim mani xali kvartira tulovlardan tashkari. Bir uzim ishliman.

Kazimbek Artikov: Xafa bumasinku davlatimiz oylik kam berib korruptsiyaga yul kuyvotdi. Odamlar majbur pora yuki kushimcha Ish kilyapti

Zuxra Ibragimova: Xaftasiga 250 000 sum asosiy ozik-ovkatga sarflayman. Tsitrus mevalar, shokolad-shirinliklardan tashkari.... deyarli oylikning 95% yeguliklarga sarflanyapti.

Alisher Yuldashov: 2 nafar farzandim bor uzogi 400 ming bir oyga yetadi. Toshkentda ishlayman. Maoshimni 20 foizini ajrataman.

Dilshod Miraxmedov: Toshkentda yashash uchun yeb ichishga ancha muncha mablag ketadi, oylangizda ikki nafar bollariz bulsa kamida 500-600 ming sum ketadi, eng kam oylik maoshi 130 ming sum bu birinchidan, ikkinchidan oylik ish xaki kam bizda, agar uyda bir kishi ishlasa bilmadim fakat non va choy ichishga tugri keladi, xullas uzila bilasilarku buni xammasini...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq