Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Ramazonda ham hujum qilamiz"

Xuddi ana shunday bayonotda bo‘lgan Afg‘oniston Tolibon harakati bu gal poytaxt Kobulda xudkushlik hujumi uyushtirgan.

Xavfsizlik qo‘riqchilari tushgan mini avtobusni nishonga olgan.

Ulardan 14 nafarini o‘ldirgan. Yana 8 kishini yaralagan.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, qurbonlar nepalliklardir.

Ular poytaxt Kobulda joylashgan G‘arb davlatlari elchixonalari xavfsizligiga mas‘ul bo‘lishgan.

So‘nggi hujumga ham mas‘uliyatni Tolibon harakati o‘z zimmasiga olgan.

Bu - yangi rahbari tayinlanishi ortidan, harakat Kobulda uyushtirgan birinchi xudkushlik hujumi bo‘ladi.

Toliblar Birlashgan Millatlarning Ramazon oyida otashkesin saqlanishiga oid da‘vatini rad etishgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring