Jahonda qochqinlar soni rekord 65 millionga yetdi

Image copyright .

BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi xabar qilishicha, mojarolar tufayli uysiz qolgan odamlarning soni misli ko‘rilmagan darajaga yetgan.

Agentlikka ko‘ra, 2015 yil oxiriga kelib qochqinlar va boshpana izlovchilar soni 65,3 millionga chiqqan. Bu undan avvalgi yilgi ko‘rsatgichdan 5 million yuqoridir.

Bu yer yuzidagi har 113 kishidan biridir.

Ayni damda, BMT qochqinlar agentligi rahbarining aytishicha, Ovro‘poni "ksenofobiya kayfiyati" qamrab olayotgani juda xavotirlidir.

Ikkinchi Jahon urushidan beri eng yuqori deya ko‘rilgan odamlar oqimi muhojirlarga qarshi siyosatlar bilan chiqayotgan millatchi guruhlarga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovning oshishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘z uyidan qochgan odamlarning yarmidan ko‘pi uchta mamlakat - Suriya, Afg‘oniston va Somalidan kelishadi.

Ovro‘podagi muhojirlar inqiroziga yirik e‘tibor qaratilayotgan bo‘lsa-da, BMTga ko‘ra, 86% qochqinlar past va o‘rta daromadli mamlakatlarda vaqtinchalik boshpana olganlar.

Turkiya jahon bo‘ylab eng ko‘p, ya‘ni 2,5 million qochqinlarga mezbonlik qilayotgan mamlakatdir. Pokiston ikkinchi, Livan esa uchinchi o‘rinda.

Xalqaro migratsiya tashkiloti bildirishicha, 1 milliondan ortiq qochqinlar Ovro‘poga dengiz orqali o‘tganlar. Ammo, ba‘zi agentliklar bu ko‘rsatkich ancha yuqoririroq deyishadi.

Ularning aksari Germaniya va Shvetsiya kabi badavlat shimoliy mamlakatlarga yo‘l olishgan.

BMT ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2015 yilda Germaniya eng qo‘p boshpana arizalarini qabul qilgan. AQSh ikkinchi, Shvetsiya esa uchinchi o‘rinda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring