"Qozoqoltin" konidagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan jinoyat ishi

Qozog‘istonning Oqmola viloyati politsiyasi xabar qilishicha, Bestobe posyolkasidagi "Qozoqoltin" koni konchilari va qo‘riqlash shirkati qo‘riqchilari o‘rtasida kelib chiqqan ommaviy mushtlashuv bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Qurolni ishga solgan qo‘riqlash firmasining ikki xodimi o‘z vakolatini suiste‘mol qilishda gumon etilayotgani xabar qilindi.

"Qozoqoltin" konida ommaviy mushtlashuv yuz bergani hodisa joyida tasvirga olingan video Internet sotsial tarmoqlarida tarqalib ketganidan keyin ma‘lum bo‘ldi.

Rasmiylar ommaviy mushtlashuv oqibatida 10 inson jarohatlanganini tasdiqladilar.

Ma‘lum bo‘lishicha, hodisa 16 iyun kechki soat 8 larda ro‘y bergan.

Bestobe posyolkasidagi "Novaya" oltin konini "Mis-O‘rda" deb nomlangan qo‘riqlash shirkati qo‘riqchilari qo‘riqlaganlar.

Oqmola Ichki ishlar departamenti ma‘sullariga ko‘ra, konchilar bilan qo‘riqchilar o‘rtasida janjal konchilarning qo‘riqchilarning shaxsiy buyumlarni tekshirib ko‘rish talabiga bo‘ysunmaganlari sabab bo‘lgan.

Mojaro shaxtadan Bestobe posyolkasiga ham ko‘chgan.

"Mis-O‘rda" firmasi qo‘riqchilari "drobovik" deb nomlanadigan qurol hamda maxsus vositalarni ishga solganlari, oqibatda 10 odam yaralangani ma‘lum bo‘lgan.

Oqmola Ichki ishlar departamenti "Mis-O‘rda"ning ikki qo‘riqchisi o‘z vakolatini suiste‘mol qilganini o‘rganmoqda, ular muvaqqat saqlash izolyatoriga qamalganlar.

"Bezorilik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq