Oloy bozorida qayta qurish nihoyasiga yetdi

Image copyright AsiaTerra.info

Toshkentdagi Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida O‘zbekiston poytaxtining eng mashhur bozori qayta ochilgan.

Oloy bozori atigi 5 yil oldin buzish va qurish jarayonini boshdan kechirgan edi.

Ammo shu yil fevralida to‘satdan bozor ramziga aylangan tillorang arkasini buzishga kirishilgan, ana shundan so‘nggina jamoatchilik bozorda qayta qurish boshlanganini anglab yetgan edilar.

Mustaqil jurnalist Aleksey Volosevichning AsiaTerra web-saytida yozishicha, endi bozor mehmonlari va xaridorlar darvozasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amir Temur ko‘chasidan "oltin" pavilonga ro‘para keladilar.

Ko‘zga tashlanadigan asosiy yangiliklardan biri bozor hududida ko‘plab skameykalar qo‘yilgani.

Ilgari o‘tirishga joy yo‘q edi, deb eslaydi AsiaTerra.

Savdo qatorlaridagi yog‘och o‘ymakorlik naqshlari bilan bezatilgan ustunlar bozorga milliy ruh bag‘ishlagan.

Bozor ichkarisida bir necha supali choyxonalar paydo bo‘lgan.

AsiaTerra hozir bozorda achchiq, o‘tkir yeguliklari bilan tanilgan koreys mahsulotlari qatori va "gul bozori" ko‘zga ko‘rinmayotgani haqida yozgan.

Web-sayt bozor hududida katta joy bo‘sh qoldirilganiga e‘tibor qaratgan.

Oloy bozori orqa tarafida katta hudud faqat asfalt bilan qoplanganicha qoldirilganini tanqid qilgan onlayn nashr Toshkentning 40 darajali jaziramasida "asfalt maydonni" tasavvur qiling", deb yozadi.

"Umumiy xulosa shuki, bozorni yana qayta qurishdan ma‘ni yo‘q edi. Insonlar uchun qulayroq bo‘lgani yo‘q, yangi yotqizilgan asfalt maydonlari va savdoning yomon tashkillashtirilgani hisobga olinsa, yomonroq bo‘lgan. Ideal sharoitda 20-30 ta skameyka o‘rnatib, bir necha umumiy ovqalanish nuqtasini tashkil qilib, hech narsaga teginmasa ham bo‘lardi. Lekin bu yerda masala, har doim bo‘lganidek, "qulaylik" yaratishda emas, ajratilgan mablag‘ni "o‘zlashtirishdadir", deb yozadi AsiaTerra.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq