Boburiylar sulolasidan bo‘lgan hofiz otib o‘ldirildi

Image copyright Amjad Sabri

Pokistonning eng taniqli xonandalaridan biri Amjad Sabri Karachi shahrida otib o‘ldirildi.

Politsiyaga ko‘ra, ikki qurollangan shaxs Sabri ketayotgan mashinaga qarata o‘t ochganlar.

Qotillik ortida kim turganligi hozircha noma‘lum.

Amjad Sabri so‘fiy qo‘shiqchiligi - Qavvaliy uslubida ijod qiluvchi yetakchi xonandalardan edi.

Pokistonda millionlab taqvodorlar so‘fiylikka amal qiladilar, ammo oxirgi yillarda sunniy aqidaparastlari ularni ta‘qib qila boshlaganlar.

O‘tmishda bu kabi hujumlarda so‘fiylikni bid‘at deb biladigan Toliblarni ayblashardi.

Lekin BBCning Islomoboddagi muxbiriga ko‘ra, oxirgi 2 yil mobaynida Toliblar bu kabi hujumlarga qo‘l urmagandilar.

Muxbirga ko‘ra, ushbu hujumdan Pokiston larzaga tushdi.

Hujumchilarni topib, jazoga tortish da‘vatlari bilan birga mamlakatda islomiy jangarilik tugatilmaganligi yuzasidan noroziliklar yangramoqda.

Karachi shahri 3 yildan beri alohida harbiy nazorat ostida, lekin shunga qaramay jangarilar istagan vaqtlari hujum qila olishlarini namoyon etmoqdalar.

Ahmad Sabrining ajdodlari tarixi 17 asrda Hindistondagi Boburiylar sulolasiga borib taqaladi.

Uning oilasi so‘fiylikning Sobiriya mazhabi izdoshlaridir. Ular 1947 yili Pokiston Hindistondan ajrab chiqqan vaqti Karachiga ko‘chib kelganlar.

1970-80 yillari Amjadning otasi yetakchilik qilgan Qavvaliy guruhi o‘ta mashhur edi.

Amjad esa Qavvoliy yo‘lidagi qo‘shiqchiligi bilan bir qatorda hind va Pokiston filmlari uchun ham kuylagan.

O‘tgan yili u qo‘shiqlaridan birida Payg‘ambar Muhammad (SAV) oilasi a‘zolarini tilga olgani uchun unga qarshi shakkoklikda ayblovlar ilgari surilgandi.

Lekin unga qarshi hujum bu ayblov bilan bog‘liqligiga doir dalillar yo‘q.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif marhumning oila a‘zolariga hamdardlik bildirib, hujumni qoralagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring