Putin: "Breksit" Rossiyaga ta‘sir qiladi

Image copyright RIA Novosti
Image caption Putin Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeronning "breksit" Rossiyaga qo‘l keladi, degan so‘zlarini tanqid qilgan

Prezident Putin Britaniyaning Ovro‘po Ittifoqidan chiqishi dunyo uchun ham, Rossiya uchun ham ma‘lum oqibatlarga olib kelishini aytgan.

Toshkentda, ShHT sammiti nihoyasida gapirgan Vladimir Putin Rossiya "breksit" bilan bog‘liq jarayonga aralashmasligini ta‘kidlagan.

Putin Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeronning "breksit" Rossiyaga qo‘l keladi, degan so‘zlarini tanqid qilgan.

Unga ko‘ra, britan bosh vazirining ushbu so‘zlari "siyosiy madaniyatning eng quyi darajasi"ni ko‘rsatadi.

"Breksit" Ovro‘po Ittifoqining Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar siyosatiga ta‘sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamayman", deya Putindan iqtibos keltiradi Interfaks agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya "breksit"ning o‘z iqtisodiyotiga ta‘sirini minimallashtirishga harakat qiladi.

"Biz hech qanday global falokatni kutmaymiz. Albattaki, aytganimday, diqqat bilan kuzatamiz, agar kerak bo‘lsa, iqtisodiy siyosatimizga tuzatishlar kiritamiz, Ovro‘podagi hamkorlar bilan munosabatlarimizni ko‘zdan kechiramiz", degan Rossiya rahbari.

Avvalroq Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Britaniyaning OIdan chiqishi ortidan neft narxlarining tushib ketganidan xavotir bildirgandi.

Uning aytishicha, hukumat britan referendumining oqibatlarini hisob-kitob qiladi va Rossiya iqtisodiyotining manfaatlaridan kelib chiqqan holda ichki qaror qabul qiladi.

Juma kuni valyuta bozorida rublning dollarga nisbatan tushishi davom etgan, ammo yevroga nisbatan biroz ko‘tarilish qayd etilgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq