Messi xalqaro futbolni tark etadi

Image copyright Reuters

Mashhur futbolchi Lionel Messi 29 yoshida xalqaro futbol bilan xayrlashishga ahd qilgan.

U Argentina milliy terma jamoasi safida 113 marta maydonga tushgan edi.

Messining bu qaroriga milliy terma jamoasining Amerika Kubogidagi mag‘lubiyati sabab bo‘lgani aytiladi.

Yakshanba kuni Chiliga qarshi final uchrashuvda Kubokning taqdirini 11 metrlik penaltilar hal qildi.

Lionel Messi o‘z chekiga tushgan 11 metrlik jarima to‘pini urolmadi.

"Men uchun milliy jamoada o‘ynash xotima topdi, men qo‘limdan kelgan hamma narsani qildim. Chempion bo‘lmaslik esa alam qilar ekan", deb aytgan Lionel Messi.

Messi La Ligada 8 marta, Chempionlar ligasida esa to‘rt marta g‘alaba qozongan edi.

Ammo xalqaro miqyosda u 2008 yil Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga erishish bilan cheklangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq