So‘z Sizga: Ramazonga e‘tibor qanday?

Image copyright bbc bangla
Image caption Londondagi Ramazon bozori

Muqaddas Ramazon oyining tugashiga ham bir haftadan ko‘proq vaqt qoldi.

AQSh prezidenti Barak Obama Ramazon oyi munosabati bilan bayonot chiqarib, Hayitni nishonlash uchun Oq Uyda ziyofat berishini ma‘lum qildi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bu yilgi Ramazonning ilk kunida parlamentning musulmon a‘zolarini iftorga chaqirdi.

Buyuk Britaniya Maktab va Kollejlar Assotsiatsiyasi rahbariyati maktablardagi bitirish imtihonlarining bu yil ham Ramazon oyiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan mahsus yo‘riqnoma chop etgan.

Unda bu yilgi Ramazon kunlari eng uzun vaqtga to‘g‘ri kelgani uchun, musulmon o‘quvchilar yuz tutishi mumkin bo‘lgan mushkulliklar haqida ma‘lumot berilib, maktab rahbarlariga imtihonlarni iloji boricha qulayroq vaqtga ko‘chirish tavsiyasi berilgan.

Aholisining aksariyati nomusulmon bo‘lgan bu mamlakatlarda musulmon ozchiligi haqida qayg‘urish hukumat darajasiga ko‘tarilgan ekan, O‘zbekistonda bu ma‘noda ahvol qalay?

Ma‘lumki, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ham "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida" maxsus qaror chiqardi.

Bu qarorni amalga oshirish yo‘lida nimalar qilinmoqda? Ish joylari, o‘quv dargohlarida taqvodorlar uchun Ramazon oyida qanday qulayliklar yaratilgan?

Ana shu savollar bilan BBC O‘zbek xizmati o‘z mushtariylariga murojaat qilgan edi.

Image caption O‘zbekiston masjidlaridan birida iftor, ammo bu yil masjidlarda iftorliklar "bid‘at" deb taqiqlandi
(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda – tah.)Facebook dagi muxlislarimizdan:

Mahmud Mahmudoov "Etuk va komil xalqning dargohi keng bo‘lar ekan", deb yozadi.

Dilshod Miraxmedov "bo‘lmagan gaplar!" deya bir necha undov belgisini qalashtirib qo‘yar ekan, nima "bo‘lmagan gapligini" aytmaydi.

Arslan Bek esa "San qattan bilding bo‘lmagan gapligini", deb so‘raydi, Dilshoddan esa javob yo‘q.

Jasur Mirzayevga ko‘ra, Obama "malades" ekan.

Fahriddin Ahrorov yozadi: "O‘zbekistonda faqat uxlash uchun qulaylik bor...daraxtlarning tagida (kesib ketilgan)"

Odnoklassnikidagi BBCUZBEK guruhidan:

A Abbos: Axolisi 95 foizi musulmon bulgan Uzbekistonda muborak Ruza oyida etikodli dindorlarga nisbatan xar-xil takiklar kuchayadi.Endi usha nomusulmon davlatlar Uz davlatida yashayetgan fukoroligi bormi yukmi katiy nazar musulmonlarga shuncha sharoitlar yaratayetgan ekan ming-ming raxmat

KLARA KURBANOVA(MADAMINOVA): Tasanno.

hamid madazimov: Bizda ham sharoitlar zo‘r, Masjidlarda taroveh, xatmi Qur‘on bemalol o‘qilayapti, odamlar iftorliklarni bemalol qilayapti, hohlaganlar Hajga borayapti, yana bizga nima kerak?

Sherzod Kamolov:Eng asosiysi bizda shukronalik bor

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq