Peskov: "Erdo‘g‘on urib tushirilgan Su-24 uchun uzr so‘radi"

Image copyright AFP

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiyaning Su-24 uchog‘i uchuvchisi o‘limi uchun Vladimir Putindan kechirim so‘radi.

Prezident voiziga ko‘ra, janob Erdo‘g‘on Rossiya bilan aloqalarni qayta tiklashni xohlaydi va Vladimir Putinni bu yo‘lda birga ishlashga chaqirgan.

Kremlning rasmiy xabarida aytilishicha, Erdo‘g‘on maktubida Turkiya "hech qachon Rossiya Federatsiyasiga tegishli samolyotni urib tushirish niyati"ga ega bo‘lmagani aytilgan.

Maktubda, shuningdek, rossiyalik uchuvchining o‘limiga bog‘liqlikda ko‘rilayotgan Turkiya fuqarosiga qarshi jinoiy tergov ochilgani aytilgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, bugun Turkiyadagi mahkama rossiyalik uchuvchining o‘limida ayblanayotgan Alparslon Chelikni mamlakatdan chiqmaslik haqidagi tilxat evaziga ozod qilgan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor Chelikning og‘ir jazoga tortilishiga chaqirgandi.

Turkiyaning "Jumhuriyat" gazetasi Chelikka nisbatan yangi ish ochilganini xabar qildi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring