A‘zam O‘ktam: "Sen qandoq sig‘yapsan yorug‘ dunyoga?.."

A‘zam O‘ktam 42 yoshida olamdan o‘tgan edi. Farg‘ona vodiysi tavallud topgan shoirning she‘rlaridan zamondoshlaridan biri aytmish "samimiy ibodat" nasimi kelardi. U 2002 yil hayotdan ko‘z yumdi. Bir necha kitob nashr ettirishga ulgurdi. "Kuzda kulgan chechaklar" (1989), "Kuzatish" (1990), "Ziyorat" (1992), "Taraddud" (1993), "Ikki dunyo saodati" (1998), "Qirqinchi bahor" (2000) she‘riy to‘plamlari adabiyot muxlislariga meros bo‘lib qoldi.

Shoirning quyidagi she‘rlari ziyo.uz sahifasidan olindi.

IBODAT

  • Tog‘lar some‘ bo‘lib o‘tirishar jim,
  • Takbir aytgan chog‘i guldurab samo.
  • U yanglig‘ munojot qila olur kim,
  • Yomg‘ir bu pichirlab qilingan duo.
  • Yel yig‘lar yer tirnab. tuproq seskanar,
  • Maysalar qaltirab qilurlar sajda.
  • Duolar ijobat bo‘lgan sanachar,
  • Kun nurlari bundan keltirar mujda.

SO‘ROQ

  • Talpinding, yig‘lading - yelding dunyoga,
  • So‘ylagil, sen nechun kelding dunyoga,
  • Buzildi, ayt, nima qilding dunyoga,
  • O‘zingni kim deya bilding dunyoga?
  • Tilingni tiymaysan - besharm so‘ylar,
  • Ko‘zingni tiymaysan - buzukqa bo‘ylar,
  • O‘zingni tiymaysan - nelarni o‘ylar,
  • Hech jazo yo‘qmikan bunday zinoga?
  • Malomatning toshi tegmagan boshing,
  • Mag‘rur tutmoqlikdan tiymagan boshing,
  • Hattoki onangga egmagan boshing –
  • Berding bu havoyi, puchak safoga.
  • Tengsiz ta‘riflarni o‘qigan ko‘zing,
  • Ulug‘ tarixlarni o‘qigan ko‘zing,
  • Qutlug‘ harflarni o‘qigan ko‘zing –
  • Ne uchun tikding bu yuzi qaroga?
  • Qishda qushlarga don sochgan qo‘lingni,
  • Nopok luqmalardan qochgan qo‘lingni,
  • Olloh, deb duoga ochgan qo‘lingni –
  • Uzatding yeyishi, ishi haromga.
  • To‘ydirib o‘t, qonga to‘ygan yurakni,
  • O‘ldirib haq deya to‘lgan yurakni,
  • So‘ldirib ishq ila kulgan yurakni,
  • Sen qandoq sig‘yapsan yorug‘ dunyoga?

---------------------------------------------------------------------------------------------

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq