Hukumat nega shu paytgacha Ahmadboyga "qarab o‘tirdi"?

BBCning "So‘z Sizga" rukni navbatdagi savoli quyidagicha edi: “Ahmadboy piramidasi”ga qo‘shilgan minglab o‘zbekistonliklar o‘z mablag‘laridan ajralishar ekan, hukumat nima uchun hozirga qadar “qarab o‘tirgan”?

16 iyunda O‘zbekiston televideniyesi bir necha daqiqalik qisqa videoxabarni qayta-qayta namoyish etdi.Aytilishicha, "chinozlik tadbirkorning moliyaviy piramidasi fosh etilgan".“Ahmadboy” laqabi bilan tanilgan tadbirkor hozirda hibsda yoki uy qamog‘ida ekanligi aytilmoqda."Odamlar pullarini, mashinalarini talab qilib borishyapti, lekin hatto ko‘chasiga kiritilmayapti ekan", deydi bir suhbatdosh.Shu kunga qadar na mahalliy hukumat, yo na markaziy hukumat norozi kreditorlarning mulkiga nima bo‘lishi borasida ma‘lumot bergan.Aholini firibgarlikdan muhofaza qilish uchun mas‘ul hukumat idoralarining sukut saqlashini qanday talqin qilish mumkin?Mahalliy kuzatuvchilarning aytishlaricha, hukumat organlari chinozdagi voqealardan xabardor bo‘lishgan.Sizningcha, nima uchun hukumat bu masalada shuncha yil “sustkashlik” qildi?Hukumat aholini bu kabi moliyaviy firibgarlikdan himoya qilishi kerakmi?
Image copyright screenshot

Facebook foydalanuvchisi Ali Khan shunday munosabat bildiradi: Shunga o‘xshash "bizmesmen"lar oldin Nukusda ham boridi. Bankda ishlab, odamlarni valyutasini bank bilan qora bozor o‘rtasida aylantirib, foyda qiladigan foizchilar. Oxiri hukumat o‘sha hamma pullarni "davlat" hisobiga o‘tkazdi. Ammo ularni qamamadi. Puliga kuyganlarni orasida oilasi buzilganlar, infarkt bo‘lganlar, joniga qasd qilganlar qancha edi.

Jamshid Shukhratkhujaev: Arqonni uzuni yaxshide

Mirakbar Mirtalipov: Agar Axmadboyyi yopishmaganida soqqani olib yotvurishardi. Yopib qoyishsa moshinammi ber, pulimmi ber, dovlat shu paytgacha qatga qaragan, uyo buyo ratata tatata. Sudxordaka isqirt odam bomasa kere. (p/s foiz oganam berganam sudxor)

Rustam Sodiqovich Parpiev: Minglab odamlarning jabrlanishiga olib kelgan Chinozdagi firibgarlik, konunbuzarlik ishtirokchilari, yul kuyib bergan davlat idoralari mansabdorlari konun oldida javob berishi kerak.

Nodir Sharipov: Ishlab topilgan pulni hech kim Ahmadboyga olib borib bermiydi. Oson kegan pul shunaqa onson yo‘q bo‘ladi. Bu ahmoklarga dars.......

Dilshod Iskhakov: Hammani aldagan Axmadde, nimaga davlat ayibdor bulishi kere. Ozodlik, BBCga faqat shu davlatni yomonlash bulsa buldi.

Mirakbar Mirtalipov: Insonlar, nega faqat Ahmadboy apirisde qoganlar bechara? Jaaa wustriy odamla ula pul berganla. Qattan packalab dollar olishibti? Mowina qaysi pulga olingan? Oyligi 1 500 000 bosayam 60 mln turadigan moshinani olish uchun 40 oy {3 yilu 4 oy} yemay, ichmay, kiymay, komunalka tolamay, toyana bermay yigish kerakmasmi? Qoysangchi alyosha

Banu Sadikova: Usha, indamiy lukillab pulini oborib bervotgan,, nafsini hakalak ottirmiy,, uylasin edi,, berishdan avval hukumat organidan "ruhsat" surasin edi, usanda u hukumat bugungi holida yordam berardi... 100% deganda daromadini uje podozreniye kisin edi, 50%mas... Mayli endi utib ketar bu holatlari ham,, fakat bu "suyilis"ni erinmay doimo avlodlariga hikoya kilib tursinlar toki boshkani hakalak otgan hafsi tiyilib bunday aldanib kolisdan asrasin.

Pulatov Javohir: Byudjeti toldirish keregu

Odnoklassnikidagi Madam PARKINSON: Har doimgidek pul ko‘proq yig‘ilishini kutib turdi hukumat. Millionlar dollar, milliardlab so‘mni osongina yig‘ib oldi. Pul topshirgan grajdanlarni ko‘pi baribir Sudga ariza yozishmaydi. Chunki bu $ lani kelib chiqishini isbotlab berishi kerak.

Ezgulik Izlab: Davlatlarning bir siyosati bor: "To‘plagandan qo‘rqma, yegandan qo‘rq. To‘plasa olamiz. Yeb yuborsa qayerdan olamiz?". Ahmadboy ham shu siyosatda bir o‘yinchi xolos.

Antoine Griezmann: Yex bechora halq, shuncha qiynalib topgan pulardan ayrladgan bo'ldi ayniqsa qora halq. O'zi odamlar qiynalib pul topishardi davlat qashoq qldi qo'ydi. bunaqa bo'ladi dep o'ylamovdim davlatimizi. hurmatim yo'qoldi dav...

Image copyright screenshot

S N M FERGANA: ko‘p chaynadilar O‘zaro guruhlar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lsa oxiri shunday talon-taroj qilinadi. Oxirida politsiya yetib keladi kinoni oxirida. Odamlarni o‘zida ayb riboxo‘rlikka mukkasidan ketishgan QUR‘ONDA sudxo‘rlik ya‘ni foizga pul berish oliy gunohlardan biri. Odamlar QUR‘ONNI o‘qimay qo‘yishdi. O‘qishganda mashmashalar yo‘q edi.

Ezgulik Izlab: 68 ta Gunoxi kabiralarning biri shu Ribo buladi. Xarom xaromga kushilib yuk buldi mana. Insonlar uyushtirgan bulsa xam Alloxni irodasisiz, xech narsa amalga oshmasdi. Xalol yul bilan topilgan pul teshik chuntakda xam turadi, unutmang.

temur temka: bu mxx taxtikasi oddiy odam pul beraolmaydi!!! sutxurlarga!!!!!

K o n s t r u k t o r: G‘arb banklarida bir o‘yin bor, biror bir diktatornimi, uyushgan guruhnimi, yo yirik korruptsionernimi millionlab $ ini kafolatli saqlab berish sharti bilan qabul qilaveradi. Ma‘lum bir vaqt o‘tganidan keyin shu banklarga doxil nazorat organlari pullarni qanday qilib topilganini, qanday yo‘llar bilann kelganini kovlay boshlaydi. Natijada hisob raqam muzlatilib yo musodara qilinadi, yoki yig‘ilgan shu pul qiymatiga yaqin miqdorda jarimaga tortiladi, oxir-oqibat offshor mablag‘ g‘arb hisobiga o‘tib ketadi. Ahmadboy piramidasi ham shu maqsadda barpo qilingan edi, maqsad xalqdan pul yig‘volish. Markaziy bank raisini o‘rinbosari bosh vazirga "naqd pul taqchilligi halokatli marraga yaqinlashib koldi, hukumat biror chora ko‘rish kerak" deb bildirishnoma yuborganda muammoni Ahmadboylar orqali hal qilishni yo‘lini o‘ylab topishgan shekilli.

Ezgulik Izlab: ShXTni ham xarajatlari qoplandi

Ziyo D: Yasheng menxam shu fikirda edim semirtirib soydi o'ziga go'sht kerekli payida davlat. Meni maxalladoshim edi. Hama shuni orqasidan kun koradigon bolib keti men shullarni gunoxi mengaxam urmasin deb anchadan beri rasiyada yuraman

Nurjan Argyn: Davlatda naqd pul qolmagandan keyin oddiy xalqdan so‘ngi naqd pulni yig‘volishni bir yo‘li edi bu o‘yin.

Just Brilliant: Battar busin, odamlani uzi ahmoq. Bir balosi bulmasa wudgorda quyruq na qilur?

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/28ZlGuT
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/28YEwPb)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq