Istanbul aeroportidagi hujumchilardan biri "o‘zbek"

Image copyright Reuters
Image caption Hujuchilarning kuzatuv kameralaridagi tasvirlari e’lon qilingan

Turkiyadagi manba‘larning aytishicha, seshanba kuni Istanbul aeroportida 44 insonni o‘ldirgan xudkush hujumchining "biri O‘zbekiston fuqarosi, qolgan ikki nafari esa "Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolari"dir.

Bu haqda Reuters agentligi nomi tilga olinmagan hukumat mulozimiga tayanib xabar tarqatgan.

Unga ko‘ra, sud-tibbiyot ekspertlari hujumchilarning jasad qoldiqlaridan ularning shaxsini aniqlashga harakat qilishmoqda.

Mulozim tergov borayotgani vajidan hujumchilarning ism-shariflariga doir ma‘lumotni berolmasligini aytgan.

Turkiya matbuoti rossiyalik hujumchining Dog‘istondan bo‘lgani va bir oy avval Turkiyaga kelganini yozmoqda.

Image copyright Getty
Image caption Hujumda 43 inson halok bo‘lgan, 239 odam yaralangan

Qurbonlardan ikki nafarining O‘zbekiston fuqarolari ekani bildirilgan.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari hujumchining millati haqidagi xabarlarni sharhlamagan.

O‘zbekiston rasmiylari esa hodisa yuzasidan hech qanday izoh bermayotir.

Prezident Karimov portlashlar munosabati bilan Turkiya Prezidentiga hamdardlik bildirgan.

Reydlar

Ayni paytda Istanbul aeroportiga hujum yuzasidan 16 manzilga bir vaqtning o‘zida amalga oshirilgan reydlarda 13 kishi hibsga olingan.

Ularning 3 nafari xorij fuqarolari ekani aytilmoqda.

Image copyright DHA
Image caption Istanbul bo‘ylab reydlarda 13 kishi hibsga olingan

Ichki ishlar vaziri Efkan Ala hujum ortida Islomiy davlat guruhi turgani ehtimoli yuqori ekanini yana bir bor ta‘kidlagan.

Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21.22 da yuz bergan hujumda uch nafar hujumchi avvaliga Istanbul Otaturk aeroporti tashqarisida avtomatlardan o‘t ochgan.

Shundan so‘ng aeroport ichkarisiga kirib, o‘zini portlatgan.

Uchinchi hujumchi tanasidagi portlovchi moddalarni aeroport kirishida portlatgan.

Portlashlarda 240 odam yaralangan.

Ovro‘poning uchinchi eng yirik aeroportiga uyushtirilgan hujum joriy yilda Turkiyada yuz bergan eng yirik hujum bo‘lgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring