Kobuldagi portlashda 30 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxtida xudkush hujumchining mashinalar karvonini nishonga olishi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi yaralangan.

Mahalliy rasmiylarning aytishlaricha, Kobul g‘arbidagi portlash qurbonlari politsiya akademiyasining bitiruvchilaridir.

Pag‘mon tuman hokimi Musa Xonning BBCga aytishicha, ikki kishidan boshqa barcha qurbonlar akademiya bitiruvchilari bo‘lishgan.

Ular Vardak viloyat markazidagi tayyorgarlikdan qaytib kelayotgan va ta’tilga chiqishlari kerak edi.

Xabarlarga ko‘ra, mashinalar borayotgan yo‘lda ikkita portlovchi jihoz ishga solingan.

Ulardan bittasi xudkush hujumchi tomonidan ishga solingani taxmin etilmoqda.

Hujum uchun mas’uliyatni Tolibon o‘z zimmasiga olgan.

O‘tgan hafta Kobulda nepalliklarni olib borayotgan avtobusga hujumda 14 kishi halok bo‘lgan edi.

Qurbonlar Kanada elchixonasining qo‘riqchilari bo‘lishgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring