Qozog‘iston BMT Xavfsizlik Kengashi a’zosi bo‘ldi

Image copyright AP

Qozog‘iston 2017 yil 1 yanvaridan boshlab ikki yillik muhlatga Birlashgan Millatlar tashkilotining Xavfsizlik Kengashi a’zosi etib saylangan.

Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligi uchun bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Qozog‘iston Tailand ustidan g‘alaba qozongan.

Qozog‘iston uchun 138 BMT a’zosi hisoblangan mamlakat ovoz bergan, Tailandni esa 55 davlat dastaklagan.

Bosh Assambleyada ovoz berish uch davrada kechgan.

Biror mamlakat Kengashning a’zosi etib saylanishi uchun BMT Bosh Assambleyasi a’zolarining uchdan ikki ovozini qo‘lga kiritishi talab etiladi.

Xavfsizlik Kengashining Qozog‘istondan tashqari muvaqqat a’zosi etib Shvetsiya, Efiopiya, Boliviya va Niderlandiya saylangan.

BMT Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy a’zosi bor.

AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Frantsiya va Xitoy Xavfsizlik Kengashi qaroriga veto kiritish huquqiga ega mamlakatlar hisoblanadi.

Xavfsizlik Kengashining nodoimiy 10 a’zosi ikki yil muddatga saylanadi va har yili 5 tasining joyi almashib turadi.

2017 yilning 1 yanvaridan BMT Xavfsizlik Kengashini Angola, Venesuela, Ispaniya, Malayziya va Yangi Zelandiya tark etadi.

Qozog‘iston BMTning global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlovchi tizimiga saylangan ilk Markaziy Osiyo davlati bo‘lgan.

Mamlakat Bosh vaziri Karim Masimov o‘zining Twitterdagi sahifasida qozog‘istonliklarni Xavfsizlik Kengashi nodoimiy a’zoligi bilan tabriklagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring