"O‘rikzor" bozorida issiqlik quvuri uzilib ketdi

Toshkentdagi "O‘rikzor" bozorida issiqlik quvuri tushib ketishi natijasida, o‘nlab avtomobillar zarar ko‘rgan.

Bozor hududining katta qismini suv bosgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, quvurdagi falokat 29 iyun kunning ikkinchi yarmida to‘satdan sodir bo‘lgan.

Quvurning katta qismi portlash to‘lqinining kuchi bilan havoga otilgan va o‘sha atrofda to‘xtab turgan avtomobillar ustiga qulagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlardan ko‘plab avtomobillarning oynalari sinib ketgani ko‘rinadi.

Hodisa natijasida quvurdan otilgan issiq suv bozorning katta hududiga tarqalgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan pavilonga boradigan yo‘l suvga to‘lgan.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Voqea haqida hozircha rasmiy xabar tarqatilmagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring