Shukur: "Tilanchi bola haqidagi ashulamni kuylashga izn berishmagan"

Image copyright shukur
Abdushukur Abdurahmonov (Shukur) - Rossiyaga kelib, ijod qilayotgan qator o‘zbekistonlik san‘atkorlardan biri.

U O‘zbekistonda "Fazo" deb nomlangan guruhda qo‘shiqlar kuylagan va qator filmlarda rollar ijro etgan.

Muxlislari uni, ayniqsa, "Janob Hechkim" filmidagi Javohir obrazi bilan eslaydilar.

Hozirda Moskvada yashayotgan Abdushukur Abdurahmonov bilan Gulsevar Zamon uchrashgan va undan ijodi, O‘zbekiston va Moskvadagi ijod muhiti haqida so‘ragan.

"Rossiyada ijod uchun sahna kengroq", deydi u. "Ya‘ni, istagan mavzuda qo‘shiq kuylashingiz mumkin, O‘zbekistonda esa, ma‘lum chegaralar bor... To‘g‘ri, chegara bo‘lishi kerak, ammo me‘yorida bo‘lsa yaxshi... O‘zbekistonda shunday hodisa bo‘lgan, men ko‘chada qiynalib yurgan tilanchi bola haqida qo‘shiq yaratganman. Ammo, uni aytishga ruxsat berishmagandi", deydi u.

Suhbatni BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling.
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring