"Korruptsiya xalqimiz uchun odatga aylanib bo‘ldi"

Image copyright Reuters

BBCning "So‘z Sizga" rukni navbatdagi savoli quyidagicha edi: O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash mamlakat ichki guruhlarining o‘zaro kurashini anglatadimi?

O‘zbekistonda kuzatilayotgan ayrim hodisalar hukumatning korruptsiyaga qarshi kurashi sifatida taqdim etilmoqda.

Biroq ayrim G‘arb tahlilchilari fikricha, mamlakatdagi qudratli guruhlar shu yo‘l bilan o‘ziga raqib guruhdan qutulish, o‘zining yo‘lidan chetga surib qo‘yish, kuchsizlantirishga intiladilar.

Xalqaro Transparensi tashkiloti esa O‘zbekistonni eng korruptsiyaga botgan va korruptsiyani yo‘q qilish uchun hech qanday chora ko‘rmayotgan mamlakat deb ta‘riflab keladi.

Bu borada sizning fikringiz qanday? Sizningcha, O‘zbek hukumati korruptsiyaga qarshi kurashyaptimi?

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda)

Facebook foydalanuvchisi Yigitali Maks Iks savolga shunday munosabat bildiradi: Klanlar kuchaya boshlasa darrov AXMADBOYINI UShLAYDIDA ITARADI QAMOQQA.

Bahrom Abdurahimovning yozishicha, avvalombor kim aytadi-ki, "O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash bor ......." - deb ? Hammasi ko‘rmana uchunligini hamma ko‘rib bilib turibdi, ammo xech kim bir so‘z aytishga botina olmaydi, xolos! O‘zbekistonda biror bir soha qolmadiki ,u korruptsiya botqog‘iga botmagan bo‘lsa ! Ammo har qanday korruptsiyalashgan mafiya ham o‘z safini mudom tozalab turganidek, bizda ham har-har zamonda, "AYRIM" poraxo‘r mansabdorlar yokim tovlamachi bosqinchilar ham ko‘rmana sifatida qurbonlik qilinmoqdadir, xolos... Aslida "ayrim" so‘zining ishlatilishi nojoizdir, aksincha "AKSAR" -degan so‘z ishlatilmoqligi lozimdir va aynan aksar(99% ni tashkil etadi) "mansabdor-puldorlar" ga nisbatan , ularning poraxo‘rligi- talonchiligiga qarshi kurash boshlanganda edi, biz O‘zbekistonda ham korruptsiyaga qarshi kurash boshlandimi, klanlashgan-mafiyalashgan korruptsiyaga qarshi kurasha oladigan ham bormi-KIN -degan so‘zni ishlatsak o‘rinli bo‘larmi-di ....... ???????

BBCning Odnoklassniki sahifasida izoh qoldirgan Bexruz Bexruz: Agar harakat qilganda natijasi bilinar edi, deydi.

Alik Alik: Albatta yo‘q...

"Ne Vajno" ga ko‘ra, Ja oshgan bulsa dengizdan bir tomchi suv olinganchalikdir.

Ali Aslan: Afsuski yo'q ammo rivojlaniw bor baraka topsin.

Shuhratbek Rahmatullayev: Aksi bo‘lyapti. Hamma rahbar botqoqqa botayapti, xalqni yeyishyapti.

TEMUR BEK: Kanday oklashga xam boshim qotib koldi. Bizning eng og‘rikli nuqtamiz shu KORUPTsIYa. Hech qanday kurash bo‘layotgani yo‘q. Kon konimizga singib ketgan bu illat. Xamma yerda koruptsiya! Xatto koruptsiyaga karshi kurashadigan joylarda xam.

Muso Axi: Tuzim buzuk bulgandan keyin shunday buladida xech kachon yaxshilanmaydi umid kilmasak xam buladi.

TEMUR BEK: Inson umid kilib yashashi kerak. Bunga karshi kurashish kerak xammamiz yaxshi bulishigi umid kilmay kochib ketaversak. Ertaga farzandlarimiz nima kiladi. Shu farzandlarimizi xayotida shu illat bulmasligi uchun xozirdan kurashishimiz kerak.

Odamiy: Kurashmaydi diyish xam Notugrirok. Kurashmokda sust. Korrupsiya poraxurlik karindosh urugchilik 1000 yillik Chinorlardek katta bulib ketgan soyasini uzida uxxo necha minglab kishilar kun kechiryapti. O‘zbekistonda kurash boshlangan fakat Xozirda Tv reklamalarida. mayda mayda Porxurlar davlat mol mulkini talayotganlarni. Birin ketin savol javobga tortadilar shu ketishda. UzTvga imkon berish kerak. Ushlandimi kursatsin. 3-4 yil burun ushalib jazoga tortilganlarni xar zamonda kursatishdan Naf yuk. Mayda amaldor beklarni tuxtatib bulmaydi poraxurlik korupsiyani davosi Ularni Ximoyachilari. Yukoridagi Tankalari. 100 ta mayda poraxurni dumini bosishga sarflanadigan kuchni. Bitta katta tankka sarf kilinsa foydasi kuprok. Biz SSSR dan kolgan va Yangi dunyo orasidamiz. Mustakil buldik deb. Mustakillik kimni kulida Xokimiyat bo‘lsa Xalk haqqini istagancha o‘zlashtirish poygasi.

TEMUR BEK: Hammasiga uzimiz sababchimiz aslida yuk. Mashina xaydaganda koidaga amal kimimiz keyin gaini kuliga pora bosamiz. Ishimiz xal gailar boy bulib ketishyapti. Yosh avlod gailarga xavas kilib shularni ukishiga kirishni xoxlayapti. Natijada ukishga kirish uchun pora berilyapti. Ayni vaktda bu ukishlarni raxbarlari xam boy bulib ketishyapti va shu ukishlarga raxbar bulish uchun juda katta pora berilyapti. Bu oddiy bir misol. Deyarli xamma soxada shu axvol. Xattoki, xajga borish uchun xam "shapka" berilyapti. Kayokka karab ketyapmiz uzi. Bunga kanday chora kursa buladi? Kim biladi? Aytilar. Biron chorasi bordir axir.

Jaxangir Kenjabayev: Avvalambor aybni o'zimizdan izlash kerak nega? Chunki porani Kim beryapti xalq!!! Kim olyapti Yana xalq!!! Birovni orqasidan birov kun ko'rmasligi kerak misol uchun sizu biz ishga kirmoqchi bo'lsak pora talab qilishsa Ishonch telefonigamas qarz olishga yoki bor bo'lsa berishga tayyormiz: Negaki bu o'rgangan odatimiz hisoblanadi! Sal aql farosat bilan o'z haq huquqimizni shu yerda talab qilib militsiyaga xabar bersak nima qiladi? Yo'q biz xabar bermaymiz biz aytilgan Summani beramiz chunki bizda pul daryo bo'lib oqayapti... Militsiya nima uchun ishlayapti bizni haq huquqlarimizni himoya qilish uchun... Ammo..... Degan joylariyam borde.... Har kimki pora bersa, Mansab topgusidir degan aqida miyamizga singib ketkan... Toza ishlasa bo'ladiyu axir Yana bilmadim lekin ayb bizda....

K o n s t r u k t o r: Uloviga yarasha tushovi. Korruptsiya xalkimiz uchun udum va odatga aylanib bo‘ldi. Biror bir illatga qarshi kurashishda samarali vosita illatni o‘zi bilan emas sababi bilan kurashish kerak, sababi esa o‘zimizda, bizni mentalitetimizda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/29kO5qI
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/298ACXh)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring