So‘z sizga: Prezident Karimov nega iftorlik bermaydi?

Davlat rahbarining muqaddas Ramazon oyida o‘z nomidan ro‘zadorlarga iftorlik berishi Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham allaqachon an’anaga aylanib ulgurgan.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov esa, Qadr kechasi arafasida Ashxoboddagi Jome’ masjidda iftorlik bergan va musulmonlar bilan birga namoz o‘qigan.

Dunyo bo‘ylab musulmon bo‘lmagan davlatlar rahbarlarining ham Ramazon oyida iftorlik berishlari siyosiy an’anaga aylangan.

Ammo Markaziy Osiyoning eng ko‘p musulmon aholisi yashaydigan O‘zbekistonda hozirgacha bu udumga kirgan emas.

Har yili Ramazonda aksiga, jamoat joylarida iftorlik berishga cheklovlar joriy etiladi.

Shuningdek, mamlakat qamoqxonalarida namozxon mahbuslar ustidan nazoratning kuchaytirilishi va qiynoqlarga doir xabarlar olinadi.

(Ayrim izohlar tahrirsiz berilmoqda -tah.)

Bi-bi-si O‘zbek Xizmatining, “Sizning-cha, O‘zbekistonda ham davlat rahbari Ramazonda iftorlik berishi kerakmi? Hukumatning diniy bayramlarga munosabati haqida qanday fikrdasiz?”, - degan savollariga javob berarkan:

Shoira Alimova, “Har kim qilsa, o‘zi uchun qiladi. Kimdir Makkagacha borib, boshini sajdaga qo‘ymaydi...kimdir javobgarlikni bo‘yniga olib, u uchun yana 40 kun ro‘za tutib beradi...Iftorlik beradimi-bermaydimi, sizlarga nima? Fikr bildirsanglar, bir narsa o‘zgarib qolarmidi?”, - deya qarshi savol bilan javob bergan.

Go‘zal Gulim esa, “O‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin, deyishadi. Berar ehson, bildirmay. Ovoza qilish shartmi?”, - deya bu borada o‘z qarashlarini izhor etadi.

Fuzayl Istam, “Xalqning pulini olayotgan hokimiyatdagi muttahamlar xalqqa iftorlik qilib berishi mumkinmi? Tasavvur qilish qiyin!!!”, - deya o‘z javobini uchta undov belgisi bilan yakunlapti.

Image copyright UzA
Image copyright AFP

Gulmir Gul esa, “Prezidentimiz tinchlik berayaptilar. Umrlari uzoq bo‘lsin. Davlatimiz tinch davlatlar ichida 1-o‘rinda. Shuning o‘zi iftor, katta baxt”, - deb yozibdi.

Baxtik Abdukadirov, “Kechagina turkman prezidenti tilla suvi yuritilgan butini yasatgan edi, undan keyin choy haqidagi kitobini peshanasiga surttirib, tarqatayotgan edi. Bugun iftor qilsa, qiziqarli”, - deb yozarkan, “Riyo uchun qilinadigan iftorning nima keragi bor? O‘sha sizlar aytgan prezidentlar nimaga butun dunyoga jar solib, reklama qilib iftor qilishmoqda? Odamlar gapirishi uchun, ochko “nabirat” qilish uchun. Agarda, Allohning yo‘lida qilganida, birovga bildirmay qilishar edi”, - deya o‘z gaplariga nuqta qo‘yadi.

O‘zbek Turkiy esa, “Finans chatoq hozir hamma joyda. Krizis ko‘p davlatlarda. Endi, shu desanglar, Ahmad boydan pullarni olishdi. Balkim, hayitlik qilib berishar”, - deb fikr bildiribdi.

Sharif Eshonqulovning yozishicha, “Bizning prezidentimizning iftorliksiz ham reklamasi juda zo‘r...”.

Mastura Ganixanova, “Prezident iftor berishga majburmas. Pashshadan fil yasamanglar. Beripti, ho, beripti. Bersin, bergan bo‘lsa, Alloh rozi bo‘lsin. U davlatning prezidenti bergan bo‘lsa, bizning prezidentimiz ham berishi shartmas-ku. Nega yo‘q yerdan fasod qidirasizlar”, - debdi.

Shokirov Abdubosit esa, “Shu inson qilgan ishning yarmini qilgin, keyin gapir. Riyo uchun iftorlik kimga kerak. Balki qivotgandirlar. Nima, san bilan maslahatlashishlari kerakmi? Sanga hali daleko ularga gapirishga”, - degan qarashda.

Sardor G‘aybullayev, “Xalqqa Iftorlik Berguncha, O‘ziga insof bersin Allohim”, - deb o‘z gapiga nuqta qo‘yibdi.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг.

Bu mavzuda batafsilroq