Musulmonlar Ramazon Hayitini nishonlamoqda

Image copyright EPA

Butun dunyoda musulmonlar Ramazon Hayiti - Iyd al-Fitrni nishonlashmoqda.

6 iyul tonggi soat 5:15 da O‘zbekistonda Hayit namozlari boshlangan.

Image copyright gazeta.uz

Toshkentdagi 107 masjidda ham minglab musulmonlar hayit namozlarini o‘qiganlar. Birgina Hazrati Imom masjidida 50 mingdan ortiq namozxonlar yig‘ilishgan.

Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqini hayit bilan tabriklagan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ko‘ra, musulmonlar bayrami sharafiga mamlakatdagi boshqa din vakillari, jumladan provoslav cherkovi va yahudiylar jamoasi rahbarlari muborakbod etishgan.

Image copyright

Markaziy Osiyoning Qirg‘iziston va Qozog‘iston respublikalarida hamda Rossiyada Hayit ibodatlari 5 iyulda ado etilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Hayit namozidan olingan suratlar chop etilgan.

O‘zbekistonda bayram arafasida maktab o‘quvchilarining Hayit namozlariga borishlari taqiqlangani aytilgandi.

Bayram kuni Toshkentda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Musulmonlarning muqaddas Ramazon oyida Turkiya, Bangladesh, Iroq va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar zo‘ravonliklarga sahna bo‘lgan.

Xususan, Istanbul aeroportidagi portlash 40 dan ortiq insonni hayotdan olib ketgan. Bangladeshda 20, Iroqda 250 inson halok bo‘lgan.

Dushanba kuni Saudiya Arabistonida, Madinai Munavvaradagi Nabaviy masjidi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida 4 inson qurbon etilgan.

Butun dunyoda portlashga mas‘uliyatli IShID jangarilarining terroristik amallari qoralangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring