Qozog‘iston esnagan xodimi uchun uzr so‘radi

Image caption Qozoq diplomatining videosi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar mavzusiga aylandi

Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Yerlan Idrisov Toshkentda o‘tgan ShHH ning sammitida noo‘rin harakati bilan kadrga tushib qolgan xodimi uchun kechirim so‘ragan.

Qozog‘istonlik yosh diplomatning Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev so‘zlayotgan payt videoda o‘zini tutishi bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

NUR.kz. saytiga ko‘ra, vazir o‘zining xodimining harakatiga baho bera turib, har bir kishi chaynashi, esnashi mumkinligini, bu har bir odamga xosligini aytib o‘tgan. "Biz odammiz va insonlarga xos odat bizga begona emas. Lekin diplomat alohida kasb hisoblanib, har doim, ayniqsa xalqaro marosimlarda "namunali" bo‘lishni talab qiladi, deb ta‘kidlagan Idrisov.

Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda xodim o‘zing kameralar qarshisida ekanini yoddan chiqargan.

Prezident Atambayevning ShHH yig‘ilishida nutq so‘zlayotganda, ommaviy axborot vositalarining diqqatini qirg‘iz rahbarining yelkasi osha ko‘rinib turgan kishining harakati tortgan.

Lavha va suratlarda u doimiy tarzda esnagani, tirnog‘ini tishlagani va ratsiya orqali kim bilandir so‘zlashgani ko‘rinadi.

Oradan qanchadir muddat o‘tgach esa u yigit o‘rnidan turib, majlis zalidan chiqib ketadi.

Diplomatning videosi o‘sha paytda tezlikda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalar mavzusiga aylandi.

Avvaliga internet faollar Atambayev orqasida o‘tirgan xodimni Qirg‘iziston Tashqi Ishlar xodimi deb hisoblashgan. Biroq aniq bo‘lishicha, zerikkan diplomat Qozog‘iston vakili 28 yoshli Chingiz Karagujinov bo‘lib chiqqan.

Ayrim foydalanuvchilar esa qozoq diplomatining munosabati tasodif emasligi, u go‘yoki qirg‘iz prezidenti chiqishiga ataylab behurmatlik va befarqlikni namoyish etgan, degan fikrni bildirganlar.

24 mayda Qirg‘iziston Tashqi Ishlar vazirligi Qozog‘iston Sport va Madaniyat ishlari vaziri Aristanbek Muhammadug‘lining qirg‘iz mehnat muhojirlari uchun ish yo‘qligi haqidagi gapi uchun norozilik notasi yuborgan. Bishkek qozoq mulozimining gapini xaqoratli deb topgan va ikki davlat hamkorligi ruhiga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring