Telegramda @BBCUzbekBot ishga tushdi

Image copyright bbcuzbek
Image caption BBCning 30 tildagi tahririyatlari orasida ilk bor BBC O’zbek o‘z Telegram bot xizmatini ishga tushirdi

BBCning 30 tildagi tahririyatlari orasida ilk bor BBC O’zbek o‘z Telegram bot xizmatini ishga tushirdi.

Endilikda butun dunyodagi muxlislarimiz Telegramda @BBCUzbekBot ga obuna bo‘lishlari, O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va jahon yangiliklaridan istagan paytlari, hech bir to‘siqlarsiz bahramand bo‘lishlari mumkin.

BBC O‘zbek shu kunga qadar Telegram qurilmasida bir necha gruppalar va @bbcuzbek kanalida yangiliklar xizmatini yo‘lga qo‘ygandi.

Bizning websahifamiz bbcuzbek.com O‘zbekistonda ochilmaydi.

Prezident Karimovning internetni to‘sish harakatlari bema‘ni ekaniga doir bir necha bor chiqish qilgan edi.

Ammo qator xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, na O‘zbekiston prezidenti va na tegishli mutassaddi tashkilotlar matbuot erkinligini tan olishadi.

BBCUZBEK.COM 2005 yil Andijon qirg‘inidan beri O‘zbekistonda to‘sib qo‘yilgan.

Ammo prezident Karimov bu o‘rinda haq, internetni to‘sish imkonsiz bir amaldir.

Bugunga kelib BBC Uzbek Facebook, Odnoklassniki, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda qariyb 500 000 muxlisga ega.

BBC Jahon xizmatining Mobil vositalar muharriri Trushar Barotga ko‘ra, BBCUZBEK yangiliklar bot xizmatini BBCda birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ymoqda.

BBC O’zbek o‘quvchilar va mushtariylar jug‘rofiyasi, soni bo‘yicha O‘zbek tilidagi internet resurslar orasida lider sanaladi.

O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Rossiya va Afg‘oniston uchun maxsus multimedia – digital loyihalarimiz ishlab turibdi.

BBC O’zbek nafaqat BBC Jahon xizmati tarkibida, balki o‘zbek tilidagi boshqa yangiliklar xizmati orasida ham uch alifboda ishlaydigan yagona xizmatdir.

BBC O’zbek ning YouTubedagi kanalini tomosha qilayotganlar va obuna bo‘layotganlar soni kun sayin ko‘payib bormoqda.

BBC O’zbek ning YouTubedagi kanaliga yuklanayotgan videolarning qariyb 50 foizi xizmatimiz ijodkorlari tomonidan tayyorlangan original videolavhalar tashkil etadi.

Qolgan videolar esa asosan BBCning dunyo bo‘ylab mavjud muxbirlari tomonidan tayyorlangandir.

BBC O’zbek BBC Jahon xizmatining eng ilg‘or tahririyatlaridan biridir.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek va @BBCUzbekBot
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring