"Dallas hujumchisi oq tanli zobitlarni o‘ldirishni istagan"

Image copyright Getty

Dallasda politsiya bilan otishmada nobud bo‘lgan mergan qora tanlilarning politsiya tomonidan o‘ldirilishidan g‘azablangani va oq tanli zobitlarni o‘ldirishni istaganini aytgan. Bu kabi bayonotni Dallas shahri politsiyasi rahbari qildi.

Politsiya rahbari Devid Braunning aytishicha, gumondor yakka amal qilganini aytgan.

Qora tanli erkaklarning politsiya tomonidan otib o‘ldirilishiga qarshi o‘tgan tinch norozilik namoyishlari chog‘ida besh dallaslik politsiyachi o‘ldirilgan va yetti nafari jarohat olgan.

Uch kishi hibsga olingan.

Janob Braunning aytishicha, politsiya mergan qamalib olgan binoga portlovchi moddalar yuklangan robotni kiritib portlatgan va gumondorni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Politsiyaga rahbariga ko‘ra, mergan o‘limidan avval muzokarachiga "Qora tanlilar hayoti muhim" nomli norozilik harakatidan hafa ekani, hamda yaqinda yuz bergan politsiya qotilliklaridan g‘azablanganini aytgan. "U oqlardan hafa ekanini aytdi. U oq odamlarni, ayniqsa oq tanli zobitlarni o‘ldirishni istaganini aytdi", - dedi janob Braun.

Image copyright KXAs

"U hech qanday guruhga aloqador emasligi, va yakka o‘zi amal qilganini aytdi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Otishma payshanba kuni soat 20:45da namoyishchilar shahar bo‘ylab yurayotganlarida yuz bergan. Politsiyaga ko‘ra, pistirma ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan va amalga oshirilgan.

Namoyishlarga shu haftaning o‘zida Minnesotada Filando Kastile va Luizianada Alton Sterlingning o‘limi sabab bo‘ldi.

Avvalroq, janob Braun bir necha hujumchi o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda hujumni amalga oshirganlarini aytgandi.

"Ikki mergan yuqori mavqedan turib zobitlarning orqasidan otgan", - dedi u.

"Ishonimizcha, bu gumondorlar uchta tomondan zobitlarga o‘t ochish uchun o‘rnashib olganlar... va imkonqadar ko‘p huquq-tartibot zobitlarini o‘ldirishni rejalaganlar", - deb aytgan u.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring