Kashmirdagi to‘qnashuvlarda o‘nlab inson halok bo‘lgan

Image copyright AP

Hindistonning Jammi va Kashmir viloyatlarida to‘rtinchi kundirki davom etgan to‘qnashuvlarda kamida 30 inson halok bo‘lgan, 300 dan ortig‘i yaralangan.

Kashmirda ommaviy tartibsizliklar juma kuni mamlakatda taqiqlangan "Hizb-ul-Mujohiddin" guruhi faoli 21 yoshli Burxon Muzaffar Vaniy politsiya tomonidan o‘ldirilganidan so‘ng boshlanib ketgan.

Image copyright AP

Burxon Vaniy Kashmirda politsiyaga qarshi turgan mahalliy yoshlardan bo‘lib, internetda ham faol hisoblangan.

O‘tmishda jangari bo‘lgan boshqa kishilardan farq qilib, u o‘z shaxsini yashirmay, inson haqlari buzilishi, adolatsizlik haqida ochiq, qo‘rqmasdan aytgan. Uning videolavhalarida ham adolatsizlik mavzusi ko‘tarilgan. Yoshlarni o‘z huquqlari uchun kurashga chorlagan.

Hindiston rasmiylariga ko‘ra, Burxon Muzaffar mahalliy yoshlar qo‘llariga qurol olishlarida muhim rol o‘ynagan.

Burxon Vaniy Kashmirdagi savodxon oilada o‘sib ulg‘aygan. 15 yoshligida akasi bilan o‘zi politsiya tomonidan "hech bir sababsiz" kaltaklangani orqasidan tahdidga qarshi jismonan qarshi turishga ahd qilgani aytiladi.

Burxon Vaniy o‘limidan so‘ng minglab odamlar ko‘chaga chiqqanlar.

Xabarlarda aytilishicha, Kashmirda politsiya mashinasi g‘azabnok olomon tomonidan daryoga tashlab yuborilgan.

Biroq ba‘zi guvohlarning aytishicha, mashinani hech kim suvga itarmagan, balki haydovchi g‘azablangan olomonning toshlaridan qochib, o‘zi rulni boshqara olmay qolgan va suvga tushib ketgan.

Mamlakatning janubiy Jammi va Kashmir shtatlari, qisman Shrinagar hududida komendantlik soati amal qilmoqda.

Image copyright AP

Tartibsizliklar mintaqadagi oxirgi yillardagi eng halokatli to‘qnashuv bo‘lgan.

2010 yil yozida Kashmirda aksilhindiston namoyishlarida politsiya o‘smir bolani otib o‘ldirgach, zo‘ravonliklar olov olgan, o‘shanda 100 dan ortiq inson o‘ldirilgandi.

Kashmir qariyb 60 yil ichida Hindiston va Pokiston o‘rtasida ro‘y bergan ikki urushni boshidan kechirgan.

Image copyright AP

Aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil qiladigan Jammi va Kashmirda aholi mustaqillik yoki Pokiston bilan birlashish uchun kurashib keladi. Bu ikki shtat ilgari Pokiston tarkibida sanalgan. Hindiston hukumati isyonchilarga bo‘lginchilar sifatida qaraydi.

Qarama-qarshiliklarga qaramay, Kashmirda Hindiston va Pokiston o‘rtasida rasman chegara bo‘lmay, ikki davlat armiyasi o‘z hududini qo‘riqlab turadi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring