Italiya: ikki poyezd toʻqnashuvida insonlar halok boʻlgan

Image copyright Italian Fire Service

Italiya janubida qarama-qarshi yoʻnalishda katta tezlikda harakatlanayotgan ikki yoʻlovchi poyezd bir-biri bilan toʻqnashgani oqibatida yigirma inson hayotdan koʻz yumgan, oʻnlab kishilar yaralangan.

Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bildirganlar.

Falokat Italiyaning Adriatika dengizi sohilidagi Bari shahriga yaqin joyda roʻy bergan.

Ikki poyezd ham bir relsda katta tezlikda borayotgan boʻlgan.

Ikki poyezd ham xususiy Ferrotramviaria SpA shirkatiga tegishli boʻlgan.

Italiya telekanallari toʻqnashuvdan keyingi manzaralarni namoyish etgan.

Bu kadrlarda yuzma-yuz urilgan bir necha vagon butkul vayron boʻlganini koʻrish mumkin.

Korado shahri hokimi ushbu falokatni aviatsiya falokatiga qiyoslash mumkinligini aytgan.

Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.

Toʻqnashuvga nima sabab boʻlgani oʻrganilmoqda.

Mahalliy tergov idoralari taxmin qilishicha, halokatga insoniy omil sabab boʻlgan.

12 iyul kuni Italiya Bosh vaziri Matteo Rentsi Milan shahriga safar qilgan.

Temir yoʻl halokati tufayli bosh vazir oʻz safarini bekor qilib poytaxt Rmiga qaytgan.

Bosh vazir Rentsi sinchkov tergov oʻtkazishga vaʼda bergan.

Temir yoʻlning ushbu qismi ancha gavjum ekani, har kuni u yerdan 200 tacha poyezd qatnashi xabar qilinadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq