"Oʻzbekiston Qozogʻistonning iqtisodiy "moʻʼjiza"sidan oʻrganishi kerak!"

Yaqinda Qozogʻiston prezidenti "Men biror bir yosh qozogʻistonlik dunyoning biror bir joyida mardikorlik qilmayotganidan, migrant boʻlmagani bilan faxrlanaman. U shu yerning oʻzida ishlaydi, shuning oʻzi buyuk iftixor", - degan Nursulton Nazarboyev unga bagʻishlangan "Davlat rahbari" hujjatli filmida.

Janob Nazarboyevning ushbu soʻzlari koʻpchilikning, jumladan, oʻzbekistonliklarning ham eʼtiborini oʻziga tortdi.

Qozoq rahbarining soʻzlariga javoban ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan fikr-mulohazalardan ayrimlari:

Farkhod Abdurakhmonovning yozishicha, "Qozogʻistonning iqtisodiy oʻsish omillari va hozirgi muammolarini yoritish chuqur tahlil talab etadi. Agarki, Oʻzbekiston bilan qiyosiy tahlil etsak, Qozogʻiston birmuncha tabiiy afzalliklarga ega. Jumladan, Qozogʻiston hududi jihatidan dunyoda 9-oʻrinni egallaydi..(...) Yana bir jihatni ham hisobga olmoq zarur, yaʼni Qozogʻiston hukumati iqtisodiyotda nisbatan ancha liberal siyosat yurgizadi. Menimcha, bu masalada qoʻshnimizdan ibrat olsak yomon boʻlmasdi", - deb fikrini yakunlaydi Farhod Abdurahmonov.

"Xabar" TV kanali orqali efirga uzatilgan filmda Qozogʻiston prezidenti, mustaqillik yillarida 10000 dan ortiq qozogʻistonlik dunyoning eng yaxshi universitetlarida tahsil olib vataniga qaytganini aytgan.

Bu fikrlarga oʻz munosabatinni bildirar ekan, Fazliddin Makhmudov: "Bizda ham yoshlarga eʼtibor kuchli. Hamma narsa odamning oʻziga bogʻliq, oʻqiyman desa - sharoitlar bor", - deb sharh qoldirdi.

Image caption Oʻzbek-Qozoq chegarasidagi mehnat muhojirlari

Oʻzbekiston qoʻshnisining iqtisodiy yutuqlaridan oʻrganishi mumkinmi?

Muxlislardan biri Sardor Saidov "Biz oddiy insonlarni fikrini bilish bilan bir qatorda haqiqiy iqtisodchi - mutaxassisni fikrini ham bizga bildirsangiz nur ustiga aʼlo nur boʻlur. Axir oddiy inson tahlil qilishi uchun oshkor maʼlumotlar yetarli emas-ku... Xalq savodini rivojlanishiga yordam beringlar, iltimos", - deb yozadi.

Shoʻrolar davlati qoʻllashidan soʻng Oʻzbekiston va Qozogʻiston iqtisodiy rivojlanishning turli modellarini tanladi.

Oʻzbekiston prezidenti dunyoda "Oʻzbek modeli" tan olingani va mazkur rivojlanish yoʻlining samarali ekanini bir necha bor takrorlab kelgan va kelmoqda.

Biroq, minglab oʻzbekistonliklar har yili Qozogʻistonga mavsumiy ish izlab borishadi.

Bundan tashqari, Qozogʻistonda ham prezident Nazarboyevning avtoritar boshqaruvi hukmron, ammo iqtisodchi Saparboy Jubayevning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatda iqtisodiyot bozor qonunlari asosida boshqariladi.

Demak, Qozogʻistonning iqtisodiy moʻʼjizasi ortida turgan sabablar qanday? Faqat neft kabi tabiiy boyliklarmi yoki zamonaviy va samara beruvchi iqtisodiy siyosatmi?

Ushbu savollar bilan BBC Oʻzbek xizmati Qozogʻistonlik iqtisodiy tahlilchi Saparboy Jubayevga murojaat qildi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq