Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2010 - 17:23 GMT

Putinning ko‘zini kim ko‘kartirdi?

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinning so‘zchisi uning Ukrainaga safari chog‘ida ko‘zining atrofida qora dog‘ bilan paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

Janob Putin 27 oktyabr kuni matbuot anjumanida gapirgan payt uning chap ko‘zi ostida qora doqqa o‘xshash bir narsa pardoz chaplangan alfozda ko‘zga tashlangan.

Bu Ukraina matbuotida Vladimir Putin dzyudo bilan shug‘ullanayotgan payt yaralangani yoki kosmetik jarrohlik amaliyoti kechirgani haqidagi gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan.

Ammo janob Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevdagi matbuot anjumani payti yorug‘lik uning yuziga boshqacha tushgan bo‘lishi mumkinligi va Putin chindan ham charchagan bo‘lganini aytgan.

"Jurnalistlar haq emaslar, balki yorug‘lik shunday tushgandir. Lekin bosh vazirning charchagani rost. U oxirgi paytlarda juda ko‘p ishlayapti va har doim safarda", deb aytgan Dmitriy Peskov.

Vladimir Putin dzyudo bo‘yicha qora belbog‘ sohibi va uning ishdan keyin trenirovka bilan shug‘ullanishi haqida ko‘p yozilgan.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.