Goga Hidoyatov: "Liberal-demokratik harakatlar o‘z ta‘sirini ko‘rsatmoqda"

Image caption Muammar Qaddofiy Liviyani 42 yildan buyon qattiqqo‘llik bilan boshqarib keladi

Liviyada hukumatga qarshi namoyishlarda o‘lganlar soni hozirning o‘zida uch yuzdan oshgan.

Bu Misrdagi demokratiya uchun nisbatan tinch kurash qurbonlari sonidan ko‘proqdir.

Tahlilchilarga ko‘ra, xunrezlik miqyosi ajablanarli emas.

Misol uchun, Liviya xavfsizlik kuchlari 1996 yilda Abu Salim qamoqxonasidagi isyonni bostirish chog‘ida 1200 dan ko‘prok mahbusni o‘ldirgandi.

BBC polkovnik Qaddofiy tuzumining tabiati va uni hokimiyatda ushlab turgan omillar haqida Yaqin Sharqqa ko‘plab marta safar qilgan va mintaqa rahbarlaridan ayrimlarini yaqindan tanigan o‘zbekistonlik tarixchi olim Goga Hidoyatov bilan suxbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди