Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

'Enaganing dini emas, ruhiy kasaliga qarash kerak'

"O‘zbekistonlik enaganing qilmishini aslo dinga bog‘lash kerak emas, balki uning ruhiy kasalligi batafsil o‘rganilishi lozim".

Toshkentlik ruhshunos olim Mahmud Yo‘ldoshev Moskvada o‘z qaramog‘idagi yosh qizchani o‘ldirib, boshini kesishda gumon qilinayotgan samarqandlik Gulchehra Boboqulova ishi bo‘yicha xuddi shunday fikrni aytdi.

Gulchehra Boboqulova 29 fevral kuni qora hijob kiyib, "Ollohu Akbar!" deya qichqirgancha, yosh qizaloqning boshini Moskva ko‘chasida ko‘tarib yurgan payti ushlangan edi.

Qator xalqaro nashrlar uning gumon qilinayotgan qilmishini Islomiy e‘tiqodiga bog‘liqlikda yoritishmoqda.

Biroq Rossiya rasmiylari Gulchehra Boboqulovaning ruhiy kasal ekanligini aytishgan. Huquq-tartibot vakillari uning ruhiy kasalligi tekshirilishini ham bildirishgan.

"Moskovskiy Komsomolets" nashri esa uning 15 yildan beri shizofreniyadan aziyat chekib kelayotgani, kasali bahorda qo‘zib turishi va o‘z paytida uzoq muddat davolangani haqida ham xabar berdi.

So‘roq payti aks etgan so‘nggi videotasvirlarda esa Gulchehra Boboqulova poyintar-soyintar alfozda "Suriya", "Putindan o‘ch olish" va "IShID" haqida gapirgan.

Hatto o‘z bolalari haqida gapirarkan, "uchta bolam bor, ular menga kerak emas, olavering, o‘ldirsangiz ham mayli" deb aytadi.

Shuningdek, uning mahkama jarayonida kulib turishi, zaldagilarga qarata qo‘lini silkitishi va boshqa amallarini ham mutaxassislar ko‘proq ruhiy kasal odamning harakatlariga qiyoslashmoqda.

Shunday holatda Gulchehra Boboqulova ayblanayotgan hatti-harakatni uning e‘tiqodiga bog‘lab izohlash joizmi va yo ruhiy holatiga?

Toshkentdan ruhshunos olim Mahmud Yo‘ldoshev Bi-bi-si O‘zbek Xizmati bilan suhbatda bu boradagi o‘z fikrlarini baham ko‘radi.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon