Skip to main contentAccess keys helpA-Z index
BBCUzbek.com
Рус хизмати
Қирғиз хизмати
Озарбайжон хизмати
Турк хизмати
Араб хизмати
Форс хизмати
 
Сўнгги янгиланиш: 03 Октябр, 2009 - Published 18:14 GMT
 
Дўстингизга йўлланг   Принт - босма кўриниши
Bi-bi-sining 'Radiokitob'ida 'Yulduzli tunlar'ni tinglang!
 
'Yulduzli tunlar' kitobining muqovasi(сурат ziyouz.com саҳифасидан олинди)

Bi-bi-si O'zbek xizmatining "Radiokitob" turkumidan havo mavjlariga uzatilgan navbatdagi asar - taniqli o'zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanidir.

"Yulduzli tunlar" dunyoga mashhur o'zbek hukmdori, atoqli shoir, o'z davrining qomusiy bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan asar.

"Yulduzli tunlar" zamonaviy o'zbek romanchiligining yetuk namunasi hisoblanadi.

O'zbekiston Xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ushbu roman o'zining talabalik yillaridagi Amir Temur va Bobur Mirzo shaxslariga ixlosmandligi hosilasi ekanini aytgan.

Пиримқул Қодиров
Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining dunyo yuzini ko'rishi oson kechmagan
"Bobur mirzo temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga olib o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi o‘sha yillardayoq
dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi", deb yozadi adib roman so'zboshisida.

Biroq Sho'rolar Ittifoqi zamonida tarixdagi turkiy hukmdorlar haqida kitob nashr etish oson bo'lmagan.

Boisi, Sho'ro mafkurasi Amir Temurni qonxo'r bosqinchi podshoh sifatida taqdim etar, uning avlodlari, shu jumladan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ham ijobiy tasavvurni shakllantirish mushkul kechgan.

Pirimqul Qodirov Bobur Mirzo haqidagi asarini 1969 yilda boshlab, oradan 30 yil o'tgandan keyingina romanni "avvaldan rejalashtirilgan, dilda pishitilgan" boblar bilan to'ldirib chop etishga muvaffaq bo'lganini yozgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur Kobulda dafn etilgan

"Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. "Yulduzli tunlar" ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi", deb yozadi atoqli adib Pirimqul Qodirov.

Bi-bi-sining "Radiokitobida" "Yulduzli tunlar"ni tinglab boring!

 
 
Исм
Фамилия*
Манзил
Мамлакат
Электрон манзил
Телефон*
* Ихтиёрий
Фикрингиз
 
  
Сиз берган шахсий маълумот bbcuzbek.com томонидан фақатгина талабномангизни қондириш мақсадида ишлатилади
 
Пиримқул Қодиров (сурат asrim.cn саҳифасидан олинди) Би-би-си меҳмони
Атоқли ўзбек адиби Пиримқул Қодиров билан суҳбат
 
 
Салим Чиштий мақбараси панжараси Осори атиқалар
Бобурийлар Ҳиндистони: кеча ва бугун
 
 
Шоҳ Бобур Ҳиндистон
Заҳириддин Бобурнинг сўнгги авлоди билан учрашув
 
 
Тожмаҳал мақбараси Ҳиндистон
'Тожмаҳал - абадийлик юзидаги кўз ёш'
 
 
Бобур мақбараси Кобул
Боғи Бобурдаги таъмирлаш ишлари якунланиб қолди
 
 
Сўнгги янгиликлар
 
 
Дўстингизга йўлланг   Принт - босма кўриниши
 
 
 
BBC Copyright Logo ^^ Юқорига қайтиш
 
  Bosh Sahifa | Ob –havo | Dasturlar | To’lqinlar
 
  BBC News >> | BBC Sport >> | BBC Weather >> | BBC World Service >> | Learning English >>
 
  Biz haqimizda | Aloqa | privacy