Dunyo futboli yulduzi Ronaldo futbolni tark etmoqchi, o‘zbek futboli afsonasi bu haqda nima deydi?

Dunyo futboli tarixidagi eng yorqin futbolchilardan biri, mamlakatining 1994 va 2002 yillarda Jahon chempioni bo‘lishida mislsiz hissa qo‘shgan Braziliya futboli yulduzi Ronaldo 34 yoshida iste‘foga chiqishini e‘lon qildi.

Ronaldo o‘z futbolchilik faoliyati davomida "Uch karra jahonning eng zo‘r futbolchisi," deb topilgan.

Hali dunyodagi biror bir futbolchi Jahon chempionatlarida Ronaldochalik ko‘p to‘p kiritmagan.

2002 yilda Ronaldo, Rivaldo, Roberto Karlos,..larni ko‘rib, bularga kim bas kela olarkin, deya yuragini hovuchlamagan futbol muxlisi topilmagan bo‘lsa kerak. Masalan, kamina ham ana shunday insonlardan bittasi...

Chunki futbolni san‘at darajasida egallagan, dunyoning manaman degan hujumchilarini dog‘da qoldirib, raqib darvozasini zabt etmay qo‘ymaydigan mahoratli futbolchilar sanoqli bo‘ladi.

O‘z milliy terma jamoasi safida qariyb 100 bor maydonga tushib, oltmishdan ortiq to‘p kiritgan qoyilmaqom futbolchi ham.

Ronaldo Ovro‘poning "Real" (Madrid), "Barselona", "Inter" (Milan), AS "Milan" kabi manaman degan klublarida ham o‘zining oliymaqom futbolchilik san‘atini namoyon etgan.

Biroq so‘nggi yillarda doimiy jarohatlar ta‘qib etgani bois, so‘nggi mavsumni Braziliyada o‘tkazgan.

Biz o‘zbekistonlik futbol afsonasi Birodar Abduraimov bilan bog‘lanib, Ronaldoning jahon futbolida tutgan o‘rni qanday edi, deb so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди