Мирзиёевнинг рафиқаси бу сафар қирғизистоникларни маҳлиё этди
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Mirziyoyevning rafiqasi bu safar qirg‘izistoniklarni mahliyo etdi

Qirg'iziston matbuoti 5-6 sentyabr kuni turmush o'rtog'i Prezident Mirziyoyev bilan Bishkekka tashrif buyurgan Ziroatxon Mirziyoyevaga ham alohida e'tibor qaratdi. Maqolalarda O'zbekiston birinchi xonimining qaddi-qomati, did bilan kiyinishi va o'zini tutishi chetda qolmagan.

"Qirg'iz internet foydalanuvchilari O'zbek xonoyimining qomatiga mahliyo bo'ldi", deb maqola yozdi super.kg nashri.

Unda aytilishicha, Prezidentga hamroxlik qilgan Ziroatxon Mirziyoyeva darhol qirg'izistonlik internet foydalanuvchilarining nazariga tushgan.

"Qirg'iz internet foydalanuvchilari birinchi xonimning go'zalligi, qomatiga mahliyo bo'lib, uchoqdan tushar-tushmas muhokama markazida bo'ldi. Mirziyoyevning rafiqasi omma oldida tez-tez paydo bo'lmaydi", deb yozadi nashr.

Mirziyoyevning rafiqasiga tuz.kg sayti ham e'tibor qaratgan.

"Yurtdoshlarimiz Mirziyoyevning rafiqasi - birinchi xonimiga to'g'ri ma'noda qoyil qolishdi. Yorqin, didli va hayratlanarli qomatga ega Ziroatxon Hoshimova qirg'izistonliklarning yuragini zabt etdi", - deb yozadi tuz.kg.

Nur.kz sayti ham aeroportda Mirziyoyevga hamroxlik qilgan Ziroatxon Mirziyoyeva darhol internet fodalanuvchilarining og'ziga tushgani haqida yozgan.

Prezident Mirziyoyevning rafiqasi turmush o'rtog'i bilan Xitoyga borganida ham qomati bilan matbuotning nazariga tushgan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02