'Denovdagi aqli zaiflar maskanida fojeali ahvol yuzaga kelgan'

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi aqli zaif erkaklar "Muruvvat uyi" xodimiga ko‘ra, muassasadagi bemorlarga rahbariyat va sanitarlarning jinoyatkorona munosabati oqibatida fojeali hollar ro‘y bergan.

"Muruvvat uyi" xodimasi Mavluda Esonovaning aytishicha, muruvvat uyidagi bemorlarga rahbariyat va sanitarlar tomonidan qilingan munosabat va zo‘ravonliklar oqibatida bir kasal vafot etgan.

"Muruvvat uyi" Denov shahri chetida - mahalliy xalq "O‘rmon" deb ataydigan joyda joylashgan, muassasa o‘z ehtiyoji uchun dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish imkoniyatiga ega.

Mavluda Esonovaning aytishicha, "Muruvvat uyi"da 170 dan ortiq yoshi 18 dan oshgan erkaklar saqlanadi.

Hozir Denovdagi muassasada O‘zbekistonning turli viloyatlaridan olib borilgan aqli zaif insonlar saqlanayapti.

"Muruvvat uyi" xodimasiga ko‘ra, u yerda bemorlar karavotlar yo‘qligidan yerga yotishga majburlar, ayrim bemorlar ustiga to‘shak to‘shalmagan karavotlarda yotmoqdalar.

Muassasa xodimlarining va bemorlarning shafqatsiz kaltaklashi bir aqli ojiz inson o‘limiga sabab bo‘lgan.

Aqli zaif insonlarning "mardikor" sifatida sotilib, og‘ir mehnatlarga majburlanayotgani, bemorlarga mo‘ljallangan dori-darmon "chetga pullanayotgani" hodisalari haqida Mavluda Esonova Surxondaryo viloyat mutasaddi idoralariga murojaat qilgani, biroq tekshirish uchun Denovdagi aqli ojizlar muassasasiga borgan komissiya a‘zolariga ichi namunali shifoxona palatasi sifatida jihozlanib, biroq doim qulflog‘liq turadigan xonalar namoyish etilgani haqida aytdi.

Mavluda Esonova xukumat idoralariga shikoyat qilib xech nimaga erishmaganini aytadi.