Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari O‘zbekistonda Facebookka kira olmayaptilar

21 oktyabr ertalabdan O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilardan o‘zlarining Facebook sahifalariga kira olmayotganliklari haqida xabar qila boshlaganlar.

Kechqurun "Fergana. ru" axborot agentligi xabar qilishicha, O‘zbekiston internetdagi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga to‘siq qo‘ygan.

Facebookning O‘zbekistondagi foydalanuvchilari aytishlaricha, saytga kirishga harakat qilganlarida kompyuter ekranida "Tarmoqda xatolik bor" degan yozuv chiqayapti.

Hozircha Bi-bi-si ijtimoiy tarmoqqa kirish imkonsizligi sababi nimada ekanini aniqlay olgani yo‘q - bu chindan ham texnik nosozlikmi yoki buning sabablari siyosiymi - noma‘lum.

Ammo O‘zbekiston singari mamlakatda o‘zbek va rus tilidagi qator xorijiy ommaviy axborot vositalari saytlari, muxolifat internet sahifalariga to‘siq qo‘yilgan.