Facebook фойдаланувчилари сайт ёпиқлиги хабарини шарҳлашмоқда

Тошкентдаги Facebook ижтимоий тармоғи фойдаланувчиларининг маълум қилишларича, 21 октябр куни мулоқот сайтига кириш имконсиз бўлган.

Фойдаланувчилар Тошкент шаҳридаги айрим интернет провайдерларнинг мижозлари Facebook интернет саҳифасини очишда муаммоларга дуч келганини айтадилар.

Ижтимоий тармоққа киришга ҳаракат қилинган пайтда компютер экранида "Тармоқда хатолик бор" деган ёзув пайдо бўлган.

Бироқ ушбу муаммога дуч келган Тошкентдаги "Шарқ Стрим" интернет-провайдери мижозининг 22 октябр куни айтишича, Facebookка кириш ва шарҳ ёзишда ҳеч қандай муаммо йўқ.

Бу техник носозлик билан билан боғлиқ бўлиши мумкин, дейди тошкентлик Facebook фойдаланувчиси.

BBCUZBEK.COM веб-сайтининг Facebookдаги дўстлари ижтимоий тармоқнинг ёпилгани ҳақидаги хабарни қуйидагича изоҳладилар:

Hikmatillo Ismatilloevich. GMT вақти бўйича соат 18.00: Нимага?

Sharif Sharipov: Umuman yolg'on gap! Mana hozir kirib yozib turubman-u. Sal uyat ham kerakda munday uxshatibroq yomonlanglarda... Chumolini kurib, fil haqida yozasizlar-e.

Hikmatillo Ismatilloevich: Ha dustim nimaga bunoka gaplani yozabtila, tushunmadim.

Sharif Sharipov: Hozir o'zingiz qayoqdan Facebookga kiryapsiz? Masalan man O'zbekistondaman, bemalol kiryapmanu.

Hikmatillo Ismatilloevich. GMT вақти бўйича соат 19.00: ...O'zbekistondagi do'stlarim ham netda yo'q. O'zbekistondan faqat siz borsiz. Nima netni yo öchirdilami, man ham tushunmadim.

Sharif Sharipov: Yo'q, hammasi joyida. Mana man Toshkentdaman. Kiryapmanku! Bilmayman, shunaqa vahimalarni nima keragi bor ekan?

Saidolimxon: Masalan man kira olmadim kun bo'yi soat 19 dan 20 gacha. Alayskiydagi net kafedan ham kiromadim, oshibka berdi.

Saida. GMT вақти бўйича соат 20.00: Man esa kuniga 10 martagacha eski-tuski 3110 Nokia telefonimdan Facebookga kiraman, statuslarga, zametkalarga kommentariylar yozaman. Bu gaplar esa: 1) yo' momomni zamonidan qolib ketgan habar 2) yo' chala sifatsiz qora piar maxsuli!

Hikmatillo Ismatilloevich. Ha bulmasa hamasi joyida ekanda. Nima kerak yolg'on gaplar?

Nigora. GMT вақти бўйича соат 01.00. 22 октябр: Saidolimxonga: kuni bo'yimi, yoki 19 dan 20gacha, ya'ni 1 soatmi? "Farghona" sal oshirib yuborishni yaxshi ko'radi. Bir kirganda ochilmagan bo'lsa, urrrreee yangilik deganda, endi, bechora. Ularni ham tushunsa bo'ladi. Informatsion urush deydi-ku, kim birinchi yetqazsa, o'shanga sovg'a. Hokandozda medal yasab, jo'natib yuborish kerak. Shunaqa xolis va tezkor yangiliklardan tez-tez yozib tursinda. Lekin hazil qilmasdan gapirsak, shular boriga ham shukur. Bo'lmasa, ahvolimiz "jannatdan ko'rsatamiz" yohud "Axborot"ga qolib ketarmidi?

Ozo Khon: Facebookni nima uchun taqiqlab quyishadi? Undan kora "Youtube" ga kirish taqiqlangan" desa tushunsa bolardi. Hamma axborot "Youtube"daku.

Aziz. GMT вақти бўйича соат 01.00. 22 октябр: Toshkentdaman. Komputer orqali kira olmayatganimga 2 kun bo'ladi. Hozir ham telefondan yozvomman.

Sharif Sharipov: Man kecha kompyuterda 1 soat Facebookda utirdimu? Qaysi netdan kirdingiz o'zi?

Aziz: Hozir ham bir ishlab bir ishlamayapti. Uyda.

Bu Sensan:GMT вақти бўйича соат 13.00. 22 октябр: O'zbekistonga qarshi yozilgan bbarcha narsa yolg'on, bularni maqsadi O'zbekistonni dunyoga yomon ko'rsatish. O'zbekiston yomon bo'lsa boshqalar uchun O'zbeklar ham yomon bo'ladi. O'shani uchun ishonmanglar bularga!!!