O‘zbekiston militsiyasi qonundan tashqari tizimmi?

Uzbek militsiyasi
Image caption O‘zbekistonda hanuzgacha militsiya faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilinmagan

O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov 25-oktyabr - Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan o‘nlab militsionerlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlagan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini saqlagani uchun "Mehnat shuhrati", "Shon-sharaf", "Do‘stlik" kabi orden va medallarga munosib ko‘rilgani aytiladi.

Bundan oldin O‘zbekiston Senati xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar xodimlari oilalarini ijtimoiy himoyalash maqsadidagi qonunni ham ma‘qullagandi.

Ammo, o‘z mustaqilligining 19 yilligini nishonlagan O‘zbekistonda hanuzgacha militsiya faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilinmagan va huquq faollariga ko‘ra, ushbu xolat militsiyani amalda javobgarlikdan ozod qiladi.

Biz Parijdan inson huquqlari faoli Tolib Yoqubovga bog‘lanib, o‘zbek militsiyasining hozirgi maqomiga munosabatini so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Sizning ushbu masalaga munosabatingiz qanday?

Elektron pochtamiz: uzbek@bbc.co.uk

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124

O‘zbekistonda bbcuzbek.com ga kirish yo‘li uzbekweb.net orqali