O‘zbekistonda g‘olib futbolchilar ordenu medallar bilan taqdirlandi

Image caption O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘rtinchi bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov yaqinda Argentinadan to‘rtinchi bor Jahon chempioni bo‘lib qaytgan futbolchi va murabbiylarni orden va medallar bilan taqdirlagan.

Futbol bo‘yicha nogironlar milliy terma jamoasining bosh murabbiysi Rustam Qoriyev va a‘zosi Haydarali Tursunboyevga "Do‘stlik" ordeni berilgan.

Milliy terma jamoaning yana uch o‘yinchisi esa, "Jasorat" medali olishgan.

O‘zbekiston prezidentining farmonida bildirilishicha, ular ko‘rsatgan jasorat va fidoiyliklari, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston obro‘si va nufuzini ko‘tarishga qo‘shgan hissalari uchun bu kabi sharafga loyiq deb topilishgan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar milliy terma jamoasi Braziliya, Argentina va Angliya kabi qator nomdor jamoalarni mahv etib, to‘rtinchi bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Biz milliy terma jamoaga ustozlik qilayotgan O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan murabbiy Anvar Ismoilov bilan bog‘lanib, so‘nggi yangilikka o‘zi va shogirdlarining munosabatini so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди