Azimjon Asqarov: men jarroh ko‘rigiga muhtojman

Bozorqo‘rg‘ondagi muvaqqat hibsxonadan noma chiqargan qirg‘izistonlik taniqli inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov o‘zining sog‘ligini tekshirish uchun jarroh kirgizishni so‘ragan.

Bu haqda Azimjon Asqarov yaqinlari ma‘lum qilishgan.

Qarindoshlari Azimjon Asqarov hamda u bilan birga mahkamaga tortilgan insonlarning shikoyat appelyatsiyasi ko‘rib chiqilgan mahkamadan keyin unga oziq-ovqat topshirishgan paytida Asqarov emas, boshqa inson dastxati bilan oziq-ovqat olingani haqida javob xati chiqqanidan ham xavotirga tushganlar.

Bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgan taniqli o‘zbek inson huquqlari faoli Azimjon Asqarov va yana yetti kishining shikoyat arizalarini ko‘rib chiqayotgan appelyatsion mahkama jarayonida sudlanuvchilar kaltaklanganlar.

Yaqinlari o‘tgan payshanba kuni mahkamaga keltirilgan payt ayblanuvchilarni qo‘riqchilar kaltaklaganini ko‘rganlarini aytganlar.

Jalolobod viloyati Nooken tumani Masi qishlog‘ida 15 sentyabr kuni o‘tgan mahkamada hakam Asqarovga bir umrlik qamoq jazosi belgilagan va mol-mulkini musodara qilishga oid qaror chiqargan.

Azimjon Asqarovni Qirg‘iz rasmiylari ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish hamda hukumat rasmiylariga bo‘ysunmaslikka chaqirish va zo‘ravonlik qo‘llash orqali millatlararo adovatni keltirib chiqarishda ayblashdi.

Qirg‘iziston janubida iyun oyida qirg‘iz va o‘zbek jamoalari o‘rtasida yuz bergan zo‘ravonliklarda aksari o‘zbeklardan iborat yuzlab inson nobud bo‘lgani va 400 ming kishi boshpanasiz qolgani aytiladi.

Etnik o‘zbek bo‘lgan Azimjon Asqarovga chiqarilgan hukm hukumat zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishda faqat o‘zbeklar javobgarlikka tortayotgani borasidagi yangi qo‘rquvlarga sabab bo‘lgan.

Qator xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Azimjon Asqarov va u bilan birga mahkamga tortilganlarning dastlabki tergov paytida qiynoqlarga tutilgani e‘tirof etilganini xabar qilishgan, ular ustidan mahkama jarayonlarining mamlakat qonunchiligiga zid o‘tganini qoralashgan.

Bi-bi-si Azimjon Asqarov zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tishi haqidagi xabarlar haqida uning qarindoshi Turdixon Asqarova bilan suhbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди