O‘zbekiston iqtisodi rasmiy raqamlarda aytilganidek o‘smoqdami?

O‘zbekistondagi Internet xabar agentliklarining ma‘lum qilishlaricha, mamlakat iqtisodi 2010 yilning ilk 9 oyida 8,3 foizga o‘sgan.

Bu xabarlar O‘zbekiston Iqtisod vazirligi va Vazirlar Mahkamasi bergan ma‘lumotlarga asoslanadi.

Mazkur ma‘lumotlarga ko‘ra, iste‘mol talabi 12 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 8, qurilishlar hajmi 9 foiz o‘sgan.Eksport hajmi esa, 10 foizdan ortiqqa ko‘tarilgani aytiladi.

Bir qator xalqaro moliyaviy tashkilotlar ham O‘zbekistondagi o‘sish darajasi nisbatan barqaror va mutassil ekanligini aytib kelganlar. Lekin tahlilchilar xalqaro tashkilotlar hisobtlari ham rasmiy raqamlarga asoslangan bo‘lishi mumkinligini aytib keladilar.

Ammo, jahonning aksar mamlakatlari global iqtisodiy inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun harakat qilayotgan bir paytda O‘zbekiston iqtisodidagi ushbu salmoqli o‘sish nimani anglatadi?

Bi-bi-si Toshkentdan iqtisodchi Iskandar Xudoberganov bilan iqtisod o‘sishi haqidagi rasmiy raqamlar qanchalar haqiqatga yaqinligi haqida suhbatlashdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди