O‘zbekistonda qanday qiynoq usullari qo‘llanadi?

AQsh sobiq prezidenti Jorj Bushning qiynoqlar terroristik hujumlarning oldini olishga yordam berganligini da‘vo qilgani "qiynoq qo‘llashni oqlab bo‘ladimi", degan bahslarga yana turtki berdi.

"Qarorlar nuqtasi" deb nomlangan kitobida janob Bushning yozishicha, "So‘roqlar natijasida Amerikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, Londondagi Xitrou Aeroporti, Kanari Uorf biznes va turar joy maskani, shuningdek bir qator boshqa nuqtalarga qarshi hujumlarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldik".

Ushbu so‘roqlar mobaynida esa "suvga bo‘ktirish", deya nom taratgan qiynoq usuli qo‘llangani ma‘lum.

Britaniyada bir qator siyosatchilar qiynoq, deya talqin etilishi mumkin bo‘lgan usullar bilan terroristik hujumlarning oldini olish mumkinligiga katta shubha bilan qarashlarini aytdilar.

"Muammo shundaki, qiynoq ostidagi shaxs sen undan nimani eshitishni istasang, shuni aytaveradi. Qiynoq ahloqsiz va qadriyatlarimizni oyoq osti qiluvchi bir narsa bo‘lishidan tashqari, hech qanday samara bermaydi", dedi Konservatorlar partiyasidan Devid Devis.

Ayni vaqtda, prezident Bushning tanqidchilari uni Iroqda bir diktatorni qulatib, O‘zbekistonda boshqasini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ham ayblashadi.

Ammo Vashington Karimov tuzumi bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish bilan birga, uni inson huquqlarini hurmat qilish va demokratik islohotlarga undashini ham aytib kelgan.

2003 yilda O‘zbekiston qamoqxonalariga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlarning Qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma‘ruzachisi Teo van Boven mamlakatda qiynoqlarning muntazam qo‘llanishi haqidagi xulosaga kelgandi.

Umrining sakkiz yildan ko‘prog‘ini O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘tkazgan sobiq diniy mahbus Muhammadsolih Abutov Bi-bi-si bilan suhbatda O‘zbekistonda qiynoqlar Jorj Bush davrida qo‘llanilgan usullardan birmuncha farq qilishini aytdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди