O‘zbekistonda oyliklar oshiriladi', ammo bu nimaga yetadi?

Uzbek so'mi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shu yilning 1 dekabridan eng kam ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish haqida farmon chiqargan.

Prezident farmoniga ko‘ra, mamlakatda eng kam ish haqi 49735 so‘m yoki valyutaning "qora bozor" kursida 20 AQSh dollaridan ziyodroqni tashkil etadi.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda eng oz maosh 45215 so‘m etib belgilangan, mamlakat rahbarining farmoniga ko‘ra, ish haqi 10 foiz oshiriladi.

1 dekabrdan O‘zbekistonda yoshga doir pensiya hamda bolalikdan nogiron insonlarning oylik nafaqasi miqdori eng kamida 97285 so‘m yoki 40 dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Shu paytgacha eng oz pensiya va nafaqa 88845 so‘m bo‘lib, ular ham 1 dekabrdan 10 foizga oshadi.

Prezident farmonida maosh va nafaqalar "aholining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida" oshirilayotgani ta‘kidlangan.

Ammo, bu pullar nimaga yetadi? Shu savol bilan biz jamiyatshunos Komron Aliyevga murojaat qildik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124