'O‘zbekistonning ' Jasliq' qamoqxonasi o‘lim jamlog‘iga aylanmoqda'mi?

"Jasliq" qamoqxonasi o‘lim jamlog‘iga aylanmoqda. O‘zbekistondagi mustaqil inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhi xuddi ana shunday bayonot bilan chiqqan.

Tashkilotning qayd etishicha, aksil-konstitutsiyaviy faoliyatda ayblangan bir necha mahbusning "Jasliq" qamoqxonasida olamdan o‘tgani haqida xabarlar bor.

So‘nggi bayonot esa, "Jasliq"da saqlanayotgan toshkentlik Mirkarim Sayitkarimovning qattiq qiynoqqa solinayotganini urg‘ulaydi.

Ushbu da‘vo mahkum bilan uchrashgan onasining gaplariga tayanadi.

Qator xalqaroyu mahalliy tashkilotlar O‘zbekiston qamoqxonalarida mahbuslarning qiynoqlar vositasida hayotdan ko‘z yumishi noodatiy hol emasligini aytishadi.

Ovro‘po Ittifoqi 2008 yilda O‘zbekiston hukumati Birlashgan Millatlarning Qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma‘ruzachisi bilan to‘liq hamkorlik qilishga chaqirgandi.

2002 yilda O‘zbekiston qamoqxonalariga tashrif buyurgan BMT ma‘ruzachisi esa, mamlakatda qiynoqlarning muntazam qo‘llanishini aytgan edi.

O‘zining qattiq sharoitlari bilan tanilgan "Jasliq" qamoqxonasida asosan, diniy va siyosiy mahbuslar saqlanadi, deb ishoniladi.

Bu hududning iqlimi juda og‘ir bo‘lib, qishida qaqshatqich sovuq, yozida esa jazirama issiq bo‘ladi.

U yerga qamoqxona qurilganidan keyin temiryo‘l tortilgan, boshqa yo‘l bilan yetib borish imkonsiz, atrofni yuzlab kilometr sahro egallagan.

Biz Toshkentdagi Tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov bilan bog‘landik va avvalo, "Jasliq"ni o‘lim jamlog‘i deb atash qanday aniq dalillarga asoslanadi, deb so‘radik:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди