Bolani kasb-hunar kollejiga majburlashdan kim manfaatdor?

Image caption O‘zbekistonda yuzlab yangi kollej va litseylar barpo etildi

O‘zbekistonda o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarni ixtiyoriga qaramasdan, kasb-hunar kollejlariga o‘tkazish hollari yuz bermoqda.

O‘zbekistonda o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarni ixtiyoriga qaramasdan, kasb-hunar kollejlariga o‘tkazish hollari yuz bermoqda.

Bi-bi-si bu haqdagi xabarlarni Surxondaryo, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridan olgan.

Buning sababi xuddi Sho‘rolar Ittifoqi zamonida bo‘lgani singari o‘zbek amaldorlarining "o‘ziga tegishli ko‘rsatkichlarni ko‘ngildagidek" qilib ko‘rsatish istaklaridir.

O‘zbekistonda 1997 yildan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq etish boshlandi.

Bu dasturga ko‘ra, 12 yillik majburiy ta‘limga o‘tilgan, 9-sinfni tugatgan bolaning kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda sabog‘ini davom ettirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Kuzatuvchilar mamlakatda yangi litsey yoki kollej binolarini qurish mahalliy rahbarlar tomonidan "kimo‘zar musobaqasi"ga aylantirilganini, natijada bugun o‘quvchilari soni dastlabki rejasida ko‘zda tutilganidan kam, o‘qituvchi yoki zarur o‘quv jihozlari bilan ta‘minlanmagan o‘quv dargohlari paydo bo‘lganini ma‘lum qiladilar.

Bunday kollejlarni o‘quvchi bilan "to‘ldirish" amaliyotining ham "topqir yo‘llari" topilgan.

9-sinfni tugatgan bolalarning kasb-hunar kollejlariga majburan o‘tkazish hollari haqida xabarlar olinmoqda.

Namangan viloyat Irvadon iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi Ravshan Xolmatov kollejlar bilan bog‘liq ahvolni shunday hikoya qiladi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Ayni paytda muayyan kasb-hunar kollejini tugatgan yoshni ish bilan ta‘minlash muammosi ham paydo bo‘lgan.

O‘zbekistonda ishga yaroqli aholining bugun bir necha million kishi deb aytilayotgan qismi Rossiya, Qozog‘iston yoxud boshqa xorij mamlakatlarida pul topishga majbur bo‘lmoqda, mamlakat ichkarisida to‘lanayotgan aksar maosh bilan oilani boqish imkonsiz.

Shunday bir sharoitda ish beruvchi endigina kollejni tugatgan, ish tajribasiga ega bo‘lmagan yosh mutaxassisni ishga qabul qilish-qilmaslik haqida o‘ylanib qoladi.

Bi-bi-si bolalarni kollej va litseylar bilan qamrash ahvoli haqida O‘zbekiston Xalq ta‘lim vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Tashxis markazi rahbari Anvar Zokirovdan so‘radi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди