O‘zbekistondagi amnistiyaga diniy-siyosiy ayblov bilan qamalganlar ham 'tushdi'

Mahbuslar
Image caption O‘zbekistondagi diniy-siyosiy ayblar bilan ozodlikdan mahrum etilgan mahbuslar soni oshkor etilmaydi

O‘zbekiston mustaqilligi arafasida e‘lon qilgan umumiy avfga binoan, mustaqil diniy faoliyatda ayblangan mahbuslar ham ozod etilmoqda.

Bu borada xabar berayotgan mahalliy huquq faollariga ko‘ra, birgina Andijon viloyatida o‘ndan ziyod diniy mahbus uyiga qaytgan.

Andijondagi inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha "Apellyatsiya" jamiyati tarqatgan xabarga ko‘ra, shu kunlarda jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan mahkumlarni qamoqxona nozirlari Andijonga olib kelganlar, shahar militsiya idorasida diniy-siyosiy ayblovlar bilan tutqunlikda saqlangan to‘rt inson yaqinlariga "topshirilganlar".

"Apellyatsiya"tashkilotiga ko‘ra, bular diniy ayblovlar bilan qamalganlarning Andijon viloyatiga qaytarilgan birinchi guruhidir.

Inson huquqlari jamiyatining "Andijonnoma" ro‘znomasiga iqtibosan xabar berishicha, bu yilgi avf bo‘yicha asli Andijon viloyatilik bo‘lgan 1304 kishini ozod etiladi.

Ular orasida "taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgani uchun, tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etib ozodlikdan mahrum etilib, hozir to‘g‘ri yo‘lga qat‘iy qaytgan shaxslar" borligi ham xabar qilingan.

Parlamentning oxirgi sessiyasidagi chiqishida Prezident Karimovning shaxsan o‘zi ham barchani qamayversa, kim ozdlikda qoladi qabilida savol qo‘ygan.

Bu O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yil davomida ilk bora diniy mahbuslarning avf etilishidir.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Svetlana Ortiqovaning Bi-bi-siga aytishicha, ushbu amnistiyada O‘zbekiston prezidentining qaysi guruhdagi mahbuslarni ozodlikka chiqarish borasidagi alohida huquqi inobatga olingan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

BBCUZBEK.COM tahririyati SMS raqami +447786201124