'Karimov qo‘yayotgan shartlar juda ham ziddiyatli...'

Samarqand viloyatida o‘tgan ikki yil mobaynida 1400 ga yaqin amaldor poraxo‘rlik va korruptsiyaga doir jinoyatlarda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bu haqda Prezident Islom Karimov o‘tgan hafta Samarqand viloyat kengashidagi chiqishida gapirgan.

Mahkum etilganlar orasida olti nafar hokim va o‘rinbosarlari, huquq-tartibot mulozimlari bor.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu O‘zbekiston kabi korruptsiya botqog‘iga botgan davlat uchun ham katta raqamdir.

Xo‘sh, bu raqamlar nimani anglatadi?

Ayni savol bilan Bi-bi-si hozirda Parijda yashayotgan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqitotlar institutining sobiq tahlilchisi Kamoliddin Rabbimovni suhbatga tortdi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди