BBC mehmoni-Sharof Boshbekov

Image caption "Temir xotin"da O‘zbekiston paxta dalalaridagi qullarcha mehnat tasvirlangan

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga taniqli o‘zbek dramaturgi Sharof Boshbekov javob beradi.

1951 yil 4 yanvarda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tavallud topgan.

Bulung‘urdagi Pushkin nomli 60-o‘rta maktabni bitirib, Ostrovskiy (hozirgi Mannon Uyg‘ur) nomli Toshkent teatr va rassomchilik institutining musiqali drama aktyori bo‘limiga o‘qishga kiradi.

Institutni tamomlagach, Muqimiy nomidagi musiqali komediya teatrida 10 yil aktyor bo‘lib ishlagan.

1980 yilda ilk p‘esasi -"Taqdir eshigi" "Yosh gvardiya" teatrida sahnaga qo‘yiladi.

Shundan so‘ng "Tikansiz tipratikonlar" , "Tushov uzgan tulporlar" singari p‘esalari birin-ketin respublika teatrlarida tomoshabinlar hukmiga havola etilgan.

1989 yilda avvaliga Toshkentdagi satira teatri, keyin esa boshqa teatrlarda sahnaga qo‘yilgan "Temir xotin" asari katta shuhrat qozongan.

Adib O‘zbekiston paxta dalalaridagi qullarcha mehnat tasvirlangan ushbu asari uchun 1990 yilda Hamza nomidagi davlat mukofoti va Bishkekda o‘tgan Butunittifoq teatr tanlovining gran prisi bilan taqdirlangan.

Shu yili "Temir xotin" Farg‘ona viloyat teatri aktyorlari ijrosida Moskvadagi "Xalqlar do‘stligi" teatrida uch kun namoyish etilgan va 1991 yilda kino ekranlariga chiqqan.

Sharof Boshbekov 20ga yaqin p‘esa va kinostsenariylar hamda "Charxpapak" televizion seriali muallifi.

3 farzandi, 9 nabirasi bor.

BBC mehmoniga savollaringizni sahifa pastidagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Elektron pochtamiz manzili uzbek@bbc.co.uk

Suhbatni shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.