O‘zbekiston - Janubiy Koreya, Osiyo Kubogining bronza medali kimga nasib etadi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha 2011 yilgi Osiyo Kubogining bronza medalini qo‘lga kiritish uchun ertaga Qatarning "As-Sad" stadionida janubiy koreyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi.

Bu o‘zbekistonlik futbolchilarning ilk bor Osiyo Kubogida sovrinli uchinchi o‘rin uchun kurash olib borishlaridir.

Osiyo Kubogi o‘yinlarida 1996 yildan buyon ishtirok etib kelayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar bu yil g‘oliblik uchun da‘vogarlik qilishayotgandi.

Ammo seshanba kuni bo‘lib o‘tgan yarim final uchrashuvida O‘zbekiston Avstraliya milliy terma jamoasiga o‘yinni yirik hisob bilan boy berdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar guruh bosqichi va chorak final bellashuvlarida o‘zlarini yaxshigina ko‘rsatib, mamlakat futboli tarixida birinchi marotaba Osiyo Kubogining yarim finaligacha chiqishgandi.

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan juma kungi o‘yinda ularga oson bo‘lmasligi aniq. Chunki bu jamoa Sharqiy Osiyodagi nahang jamoalardan biri sifatida tan olingan.

Janubiy koreyalik futbolchilar ikki karra Osiyo chempioni, uch bor Osiyo Kubogining kumush va uch bor bronza medali sohibi sanalishadi.

Qit‘aning barcha nufuzli futbol musobaqalarining peshqadam ishtirokchisi. 2002 yilda esa, hatto, Jahon chempionatining yarim finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Milliy terma jamoa saflarida Ovro‘po va Arab futbolining yetakchi klublarida to‘p suruvchi futbolchilar ham talaygina.

Ammo O‘zbekiston ham, Janubiy Koreya ham Qatardagi Osiyo Kubogining guruh bosqich saralash uchrashuvlarini bir xil natija - ikki g‘alaba va bir durang bilan yakunlashgan.

Chorak finalda esa, Janubiy Koreya faqat qo‘shimcha vaqt hisobiga eronlik futbolchilarni 1:0 hisobiga mag‘lub etgan bo‘lishsa, O‘zbekiston hujumkor o‘yinda Iordaniyani 2:1 hisobida yakson etgandi.

Lekin O‘zbekistondan farqli tarzda Janubiy Koreya shiddatli kechgan yarim final bellashuvida Yaponiya milliy terma jamoasiga faqat 11 metrlik jarima to‘plari hisobigagina o‘yinni boy berdi.

Xo‘sh, 2011 yilgi Osiyo Kubogining bronza medalini qo‘lga kiritishda o‘zbekistonlik futbolchilar nimaga umid qilishlari mumkin? Suhbatdoshimiz o‘zbekistonlik taniqli murabbiy Mirjalol Qosimov:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди