Alisher Usmonov Rossiya milliarderlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi

Image caption Alisher Usmonovning Londondagi hashamatli Beechwood saroyi shaharning eng qimmat uylaridan biridir

Rossiya o‘zidagi milliarderlar soni bo‘yicha jahon iqtisodiy inqirozigacha bo‘lgan rekorddan ham oshgan.

Biroq, "Finans" ro‘znomasida chop qilingan ro‘yxatga ko‘ra, yuqori o‘ntalikdagi shirkatlarning umumiy qiymati 2007 yildagidan ko‘ra pastroq.

Yuqori o‘ntalikdagi nufuzli o‘rinlarga metallurgiya shirkatlarining egalari joylashgan.

Ikkinchi yildirki birinchi o‘rinda Novolipetsk metallurgiya korxonasining direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin egallamoqda. Shirkatning kapitali 28,3 milliard dollarga teng.

"Metalloinvest" shirkatining asoschisi, asli o‘zbekistonlik tadbirkor, Alisher Usmonov, to‘rtta pog‘ona yuqoriga, o‘tgan yilgi yettinchi o‘rinda bu yilgi uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Uning boyligi 19 milliard dollar ekani qayd qilingan.

Usmonov Roman Abramovichning o‘tgan yilni o‘rnini egallagan. Abramovich janoblari bu yilgi ro‘yxatda beshinchi o‘ringa tushgan.

Ro‘yxat muallifi Andrey Shkolinning aytishicha, Abramovich "yaxtalar, mashinalar va uylar" uchun juda ko‘p pul sarflaydi.

Sostavitelь spiska Andrey Shkolin govorit, chto Abramovich ochenь mnogo tratit na soderjaniye "yaxt, mashin i domov".

"Roman Abramovich boyligining ko‘p qismi Ovro‘podagi ko‘chmas mulk hisobiga to‘g‘ri keladi. Ammo uning ko‘chmas mulk shirkati metallurgiya sohasidagi sarmoyalaridan ko‘ra ko‘proq foyda keltirmadi," - deydi Shkolin.

Ammo, Alisher Usmonov ham ko‘chmas mulkka sarmoyalari bilan ortda qolmayotir.

U Britaniyaning Sarrey viloyatidagi qasridan tashqari, Londondagi Bichvud Xaus nomli hashamatli saroy savdosiga 76 million dollar sarf qilgan.

Ellik olti yoshli o‘zbek tadbirkorining mazkur saroyni Qatar amiridan sotib olishi o‘ta mahfiy sharoitlarda yuz berdi.

Saroy 1840 yilda qurilgan bo‘lib, Londondagi eng qimmatbaho uylar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Saroy 4,45 gektar yeri, hamda sakkizta yotoqxonasiga ega.

"Finans" ro‘znomasi 2010 yilda Rossiyada 114 milliarder aniqlanganini yozadi. Undan bir yil avval bu ro‘yxatga kirganlar soni 77 edi.