'O‘zbekiston hukumati Misrdagi kabi voqealarning yuz berishidan xavotirda'

Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi xalq g‘alayonlari O‘zbekistonga bilvosita ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Toshkentdagi mustaqil Ekspert Ishchi Guruhi ana shunday xulosaga kelgan.

Guruh olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning aksariyati mamlakatda demokratik o‘zgarishlar bo‘lishini istashadi.

Ekspert Ishchi Guruhi hukumatni zanjirli tus olgan hodisalardan saboq chiqarish va uzoq vaqtdan buyon va‘da qilib kelinayotgan islohotlarni boshlashga chaqirmoqda.

Guruh rahbari Suhrob Ismoilovning Bi-bi-siga aytishicha, O‘zbekiston hukumati allaqachon buni sezgan va ba‘zi choralarga qo‘l ura boshlagan.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди